x

 

Ota-onalar farzandlarini har taom ta'midan lazzat olishini xohlaydilar. Bu esa turli salbiy natijalarga ham olib kelishi mumkin. Bolaga ona sutidan boshlab uning ishtahasini kam qitiklovchi ta'mlardan ko`ra ko`proq qitiqlovchi ta'mlarga asta-sekin o`tishi lozim bo`ladi. Buni boshqacha ifodalaydigan bo`lsak, agar bola ta'mni, tuzni, lazzatni kichik yoshidayoq bilib qolsa, masalan, ta'mi unchalik kuchli bo`lmagan sabzavotlarni emay qo`yishi mumkin. Ona sutining ta'm darajasini 0 deb qabul qilib, ta'm darajasini asta-sekin orttirish kerak. Bu mavzuga chuqurroq nazar solib ko`raylik. Inson oziklanadigan ozuqalarning o`zlariga xos ta'm ko- effitsiyentlari chegarasi mavjuddir. Bu ta'm chegarasidan o`tib ketilishi bolalarda ovqatlanish tartibining buzilishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, chipslarning tarkibi me'yordan ortiq yog`, tuz, ziravor va ishtaha qitiklovchi bir necha kimyoviy moddalardan iborat. .Bola vujudi buta'mlar bilan tanishgach uning organizmi uchun foydali bo`lgan turli meva-sabzavotlarni eyish darajasi o`ta pasayib ketadi Bolaning foydali narsalarni iste'mol qilishini odatga aylantirish uchun unga taqdim qilingan ta'mlar bosqichma-bosqich bo`lishi kerak. Iloji boricha, kimyoviy ta'm beruvchi mahsulotlar taqdim qilayotganda uning tabiiy mahsulotlardan o`zib ketmasligiga jiddiy e'tibor qaratish lozim.

To Top ↑
To Top ↑