x

Islom ota-onaning xaqi ulug`ligini, har ikkovlariga ham yaxshilik qilish farzligini, ularga nisbatan sodir etilgan kichkina yomonlik ham katta gunoh ekanini ta'kidlaydi.

Musulmon kishi ota-onasiga doim chiroyli muomala qilib, ularning dilini og`ritishdan saqlanishi lozim. Alloh, dargoxida ulug savoblarga ega bo`lish, dunyo va oxiratda U Zotning qattiq azobidan omon qolish uchun farzand ota-onasining xizmatlarida qoim bulib, yaxshiliklar qilishi zarurdir. Alloh taolo marhamat qilgan:

"Ularga mehribonlik bilan, xorlik kanotini past tut va (duoda) ayt: Ey, Rabbim! Meni (ular) go`daklik chog`imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!" (Isro, 24).

Dinimiz ota-onaning hayotlik vaqtlarida ularning haqlariga duolar qilib, istig`forlar aytishga targ`ib qiladi. Demak, bandalik bilan kishi bilib-bilmay ota-onasini dilini og`ritgan bo`lsa, zudlik bilan tavba qilishi lozim bo`ladi. Zero, Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda: "Rasululloh (sollalloqu alayqi va sallam): "Bir banda ota-onasiga oq bo`lgan holatda har ikkisi yoki ulardan biri vafot etsa, lekin u haqlariga duo va istig`forni kanda qilmasa, Alloh uni yaxshilik qiluvchi, deb yozadi", dedilar" (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Ota-onaga chiroyli muomala qilish, ular xursand bo`ladigan amallarini ko`paytirib, amrlarini bajo keltirish, ikkovlariga nisbatan kamtarin va muloyim bo`lish, o`zini xokisor tutish, ularni g`azablantiradigan noma'qul ishlarni qilmaslik va shu kabi boshka ular rozi bo`ladigan amallarni ko`paytirish lozim.

Dinimizda tavba qabul bo`lishining muhim shartlaridan biri gunohiga tavba qilgan kishi o`sha qabih amalni takrorlamasligidir.

To Top ↑
To Top ↑