x

Imom Shofe'iy quraysh qabilasidan. Shajarasi ota tarafdan Muhammad sollallohu alayhi va sallamning to`rtinchi bobolari Abdulmanof bilan birlashadi. Go`dakligidayok otasidan ayrilgan. Onasi uning kaysi nasldan ekanini bilgani uchun 2 yoshligidayok Makkaga olib boradi. Bu vaziyatni o`zi shunday izohlaydi: «Onam menga: «Sen ham qabilangga qo`shil, sen ham ulardek bo`lasan. Men nasabing yo`qolishidan qo`rqaman», - dedi va meni Makkaga olib bordi. Makkaga kelganimda men 10 yoshlarda edim. Qarindoshlarimdan birining yonida qoldim, ilm o`rgana boshladim».

Har bir ona farzandining kelajagi haqida qayg`uradi; buning uchun oldindan harakat qiladi. Hozirgi onalarning farzandlari borasida eng birinchi qo`ygan maqsadi mo`may pul topadigan bir ishdir. Imom Shofe'iyning onasining maqsadi esa ilmdir. Imom Shofe'iy juda kichik yoshdayok Kur'onni hifz qilgan. Onasi unga ilm yo`lida eng katta suyanchik bo`lgan. Faqir va yo`qsil ekanliklari ilm olishda ancha qiyinchiliklar tug`dirsa-da, to`siq bo`lolmagan. Bu qiyinchiliklardan biri yozish uchun qog`oz topolmagan. Onasi farzandi bilan qog`oz topish uchun hukumat binosiga borgan. U erdan keraksiz deb tashlab yuborilgan qogozlarni  qog`ozning bush joylarini topib, tugrilab, farzandiga beradi. Mana shu qog`ozlarga imom Shofe'iy Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadislarini yozib, xadis ilmida yuksak cho`qqilarni zabt etgan. Keraksiz qog`ozlarga yozgan ilmlari uni shu darajaga etkazgan. «Sunnatning qurikchisi» - naqadar buyuk unvon, shunday emasmi?! Bir kuni imom Shofe'iy madrasada ustozining u bilan shug`ullanmay, boylarning bolalari bilan shug`ullanayotganini kelib onasiga aytadi. Onasi ko`ngli o`ksigan o`g`liga shunday tavsiya bergan: «Bolam, sen ham ustozing qaysi talaba bilan ko`proq shug`ullansa, uning yoniga borib o`tir. Faqat tingla va ilm o`rgan». Shu tavsiya bilan imom Shofe'iy «Sunnat qo`riqchisi» unvonini olgan. Bu buyuk unvonning tagida dardli bir onaning imzosi bordir!

To Top ↑
To Top ↑