Gorun ar-Rashid kunlardan bir kun Bag`dod ko`chalarining biridan o`tib ketayotib maktabdan uylariga qaytayotgan bolalarga uchrab qoldi. Bir bolaning o`z o`rtoqlariga qilgan xushmuomalasi, dono-dono so`zlari xalifa- ning diqqatini o`ziga jalb etdi, uning aqlli, farosatli va ziyrak bola ekanini anglab, darhol yoniga chaqirib oldi va ardoklab boshini silab-siypab unga bir oltin berdi.
Bola xalifaning hadyasini qabul qilmay o`rtoqlari yoniga keta boshladi. Horun ar-Rashid uni to`xtatib dedi: - Uglim, men bergan hadyani nega qabul qilmaysan?
Halifalarning hurmatlarini rad etish tarbiyasizlik alomati emasmi?
Bola xalifaga ta'zim bajo keltirib shunday javob berdi: - So`zingiz to`g`ri ekaniga hech bir shubha etmayman. Ota-onamning: «Halifalar bir odamga hadya bermoqchi bo`lsalar, faqat bir oltin emas, ko`proq oltin beradilar», degan so`zlarini eshitib edim. Agar bergan bitta oltiningizni olsamu, uyga qaytib ota-onamga:
- «Halifa Horun ar-Rashid menga bir oltin hadya qildilar» - deb ko`rsatsam, bilasizmi, qanday yomon holda qolaman. Albatta ota-onam so`zimga ishonmay: - Yolg`on aytasan, Horun ar-Rashidning xalifa bo`la turib bir oltin berishi mumkin emas, sen nodon, albatta, birovning oltinini o`g`irlab olib kelgansan, darrov egasini topib oltinini ber, uzr et. Oltin egasi yoshligingni nazarda tutib gunohingni kechiradi, deb meni urishadilar. Shuning uchun bittagina oltiningizni olib, boshimni g`avg`oga ko`yishni, ota-onamni norozi etishni istamayman, meni ma'zur ko`ring.
Halifa Horun ar-Rashid bu aqlli, farosatli, ziyrak bolaning bir-biridan go`zal so`zlarini eshitib zavklandi, uning boshini silab, peshonasidan o`pdi, kitob solgan xaltasini oltin bilan to`ldirib unga hadya qildi, ertasi kun shu ziyrak bolani yo`qlab, huzuriga keltirib, o`z tarbiyasiga oldi.