x

Ehtiyojlarning yana bir qismi esa inson dunyoga kelishi bilan paydo bo`lmaydi. U ulg`aygan sari yuzaga chiqadi. Bu ehtiyojlar aksariyat holatlarda har bir bolada turlicha bo`lishi mumkin. Ba'zi ehtiyojlar umr davomida insonning ijobiy, salbiy odatlari orqasidan paydo bo`ladi. Misol uchun, sigaret chekish, aslida tabiiy ehtiyoj emas. Agar kishi ma'lum bir vaqt sigaret chekib yursa, vaqt o`tgan sari bu uning uchun odatga, bora-bora esa ehtiyojga aylanib ulguradi. Huddi shunday, chips iste'mol qilish, turli gazli ichimliklar ichish, spirtli ichimliklar iste'mol qilish ham tabiiy ehtiyoj emas, lekin ularga surunkali ravishda odatlangan insonlar uchun bu narsalar ehtiyojga aylanib qoladi. Yuqoridagi kabi odatlarni ko`plab sanash mumkin. Zo`ravonlik qilish inson uchun tabiiy ehtiyoj emas. Faqat ukasining o`yinchoqlarini zo`ravonlik bilan o`ziniki qilib olishga odatlangan bola uchun bu harakat asta-sekin odat va ehtiyojga aylanib qoladi. Televizor tomosha qilish, internet va komp'yuter bilan shug`ullanish ham aslida tabiiy ehtiyoj emas, lekin bola bu narsalar bilan shug`ullanishni kuchaytirsa bu odatlar to`g`ridan-to`g`ri bolaning ehtiyojiga aylanadi. Ehtiyojlarning qaysi turi bo`lishidan qat'i nazar ular kishiga emotsional yoki ruhiy bosim o`tkazadi. Bu bosim esa ba'zi hollarda kishini agressivlik (tajovuzkorlik), ba'zi hollarda zo`ravonlikka chorlaydi. Bu nuqtai nazardan olib qarasak, bunday agressiv harakatlar ehtiyojlar oldidagi to`siqlarni yo`q qilish uchun qilingan urinishlar hisoblanadi. Masalan, tele- vizor ko`rishga qattiq odatlangan bola uchun televizor kurish bora-bora hayotining bir parchasiga aylanib qoladi. Yuqorida aytib o`tganimizdek, ehtiyojlarni qondirmaslik kishida ruhiy bosim hosil qiladi. Agar televizor ko`rishga mukkasidan ketgan bolaga, "ko`p televizor ko`rayapsan" deb dakki berish yoki televizorni o`chirib quyish unga umuman yoqmaydi. Bu holatda u o`z noroziligini turli harakatlar bilan ko`rsatadi va hatto uyda janjal ko`tarishgacha boradi. Lekin shu o`rinda bir narsani yoddan chiqarmasligimiz kerak. Bola bu narsalarni atayin qilmaydi. Zero bolaning miyasiga to`xtovsiz uzatib turilgan televizor signallari, ovoz va nur effektlari bola uchun ehtiyojga aylanib ulgurgan va u bu ehtiyojni qondirish uchun kurasha boshlaydi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑