x

Hasan Basriyning onasi

(farzandining luqmasiga ahamiyat bergan ona)

Hasan Basriyning onasining ismi Hayra edi. Hayra Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ayoli Ummu Sulaym onamiz roziyallohu anhoning xizmatchisi edi. Shu tufayli Hasan Basriy Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ayoli himoyasida edi. Bir kuni Hayra bir joyga ketadi, Hasan yig`lay boshlaydi. Hech ovunmaydi, bolaning emgisi kelayotgandi. Ummu Sulaym onamiz roziyallohu anho Hayrani izlab topolmaydilar, oxiri gudakning yig`isiga chidamay, uni o`zlari emizadilar. Bundan ko`rinadiki, bola tarbiyasida kimning sutini emganligi ham katta ahamiyatga ega ekan. Bolalarimizni yomonlar davrasiga qo`shmaganimizdek, ularning yomon xulqli bir ayolni emishiga ham izn bermasligimiz lozim. Bizga ma'lumki, Rasululloh sollallohu alayxi va sallamning sut onasi Halima onamiz edi. U Banu Sa'd ibn Bakr qabilasidan edi. Muhammad sollallohu alayhi va sallamning juda fasohatli so`zlaganlarini bilamiz. Bir rivoyatda shunday deyiladi: «Sizning eng fasohatlingiz menman, Men Kurayshdanman. Tilim Banu Sa'd ibn Bakr tilidir».

Bolalarimiz - bizning borligimiz, kelajagimiz. Ularni duch kelgan kishilarga tashlab qo`ya olmaymiz. Ota-ona ibodatli bo`lishi mumkin, lekin farzandi boshqacha hayotda yashayotgan bo`lishi ham mumkin. Bizlar masjidda ilm suhbatlarida ekanmiz, avlodlarimiz Islomdan uzoq bo`lgan kishilarning yonida bo`lsa, ular ham o`shalarga o`xshay boshlaydi. Biz yashayotgan jamiyatda bolalarimiz ota-onasidan alohida ulg`aymoqda. Kapitalizm sistemasiga berilgan ota-onalar bolalarini enagalarga, murabbiylarga topshirmoqdalar. Hech qaysi joy onaning quchogi beradigan baxtni xadya eta olmaydi. «Hayot murakkab, ona ishlashga majbur» deb bahona  qilib, uning ortiga berkina olmaymiz. Hech bir moddiy qiyinchilik bolamizning kelajagini yomon tarafga og`ishiga yo`l qo`yadigan darajada muhim emas. Qaxramonimiz Hasan Basriy haqida shunday deyiladi: «Hasanning yoniga kirganimizda, dunyoga xech qiymat bermaydigan holatda chiqardik».

Emikdoshlik haqida gap ketganda, afsuski, bugungi kunimizda emikdoshlar o`rtasida nikoh harom ekanligini ko`pchilik bilmaydi. Buni beriladigan savollardan ham bilsa bo`ladi. Agar o`g`il bola bir onani emsa, o`sha onaning farzandi hisoblanadi. Shu sababli u o`g`il farzand o`sha ayolga uylana olmaydi. Shuningdek, sut onaning qizlari, onasi, xolalari, nevaralariga ham. Sut onaning eri ham sut ota bo`ladi. Shu jihatdan sut otaning onasi, opa yo singlisi bilan nikohlanishi haromdir. Qisqasi, sut emgan oilasining bir a'zosi hisoblanadi.

Olim etishtirgan onalar kitobidan

To Top ↑
To Top ↑