x

"Umra" so`zi "ziyorat" degan ma'noni anglatadi. Hanafiy mazhabi ulamolari umr davomida bir marta umra qilishni ta'kidlangan sunnat (sunnati muakkada) deyishgan. Alloh subxonahu va taolo: "...xaj va umrani Alloh uchun qiling", deb marhamat qilgan: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Haj farz qilingan, umra ixtiyoriy", - deganlar.

Umra ibodatining asosiy shartlaridan biri xolis Alloh taolo uchun niyat qilish. Zero, Alloh taolo riyo aralashgan amalni qabul qilmaydi.

Abu Ruzayn Uqayliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "U kishi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga kelib: "Yo Rasulullox, mening otam qarib hajga ham, umraga ham, hatto yo`lga chiqishga ham yaramay qoldi", - dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Otang nomidan haj va umra qil", - dedilar" (Imom Termiziy rivoyati).

Demak, Islomda musulmon kishi o`zi uchun xaj yoki umra ibodatini ado etgach, ota-onasi uchun ham mazkur ibodatni bajarishi mumkin ekan. Buning uchun avvalo, "Ushbu umra ibodatining savobini falonchiga bag`ishlayman", deb niyat qilinib, ehrom bog`lanadi. Ko`pchilik umra ziyoratidan kaytgach, "Otam uchun ham umra qildim, endi otamni ham hoji ota deb chaqiringlar", deganini eshitib qolamiz. Bu to`g`ri emas, chunki dinimizda umra qildi yoki qilmadi degan gap yo`q, chunki bu ibodat farz amal hisoblanmaydi.

Umra ibodatini ado etgan kishi mazkur ibodatning savobiga ega bo`ladi. Uning nomai amoliga umra ibodatini savobiga ega buldi deb yoziladi. InshaAlloh!

“Islomda ota-ona va farzand haqlari” kitobida

To Top ↑
To Top ↑