x

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo`lsin.
Payg`ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo`lsin.

Hatna qilish ta'kidlangan sunnatlardan hisoblanadi. Hadisi sharifda Payg`ambar alayhissalom: “Hatna qilish erkaklarga sunnat, ayollarga ikromdir” deganlar. Imom Ahmad rivoyati.

Shimoliy Afrika diyorlarida ayollarni ham xatna qilinadi. Bizning ulamolarmiz qiz bolani xatna qilish issiq o`lkalarga xos ekanini ta'kidlaganlar.

Hatna qilish uchun alohida vaqt va yoshni belgilanmagan. Lekin go`dak kasalmand, jismonan zaif bo`lmasa, kechiktirmay tezroq xatna qilish tavsiya etiladi.

Hatna qiluvchi kishi sunnatni amalga oshirayotganini his qilib, unga beriladigan ajr-savobdan umid bilan bola haqiga duo ila boshlashi kerak.

Bolaning zakari uchi bukilgan bo`lsa terisi ostidan va u a'zosi ustidan kam-kam milni suqib, ichidagi yopishgan terini ko`chiriladi va mil ustiga olib, nay qamishdan bo`lgan bir qisqich bilan tutib kesiladi. Ushbu sunnatni bajaruvchi kishining qo`li quvvatli, o`zi chaqqon, ehtiyotkor va ustozidan ruxsat olgan bo`lishi kerak. Toki beparvolik qilib yosh o`g`lonlarning halokatiga sababchi bo`lib qolmasin.

Musulmon otaning o`g`il farzand oldidagi burchlaridan yana biri xatna qildirishdir.

Ota mazkur amal bilan o`zi va farzandini ulug` maqomga, ya'ni sunnatni ijro etgan musulmon darajasiga chiqaradi. Bolalar esini tanimasdan oldin xatna qilinishi maqsadga muvofikdir. Dinimizda ham bu marosimni xursandchilik bilan o`tkazish tavsiya qilinadi.

Hatna inson salomatligida qanchalar muhim o`rin tutishini bugun rivojlangan deya atalayotgan g`arb davlatlarining tabobati ham tan olmokda. Agar bu ish qilinmas ekan, olatning uchidagi ortikcha et ichida turli mikrob va tuzlar yig`ilib qolishini turli din vakili bo`lgan mutaxassislar qayta- qayta ta'kidlamoqda. Buning oqibatida erkakning jinsiy a'zosida yara va toshmalar paydo bo`ladi. Qanaldan chiqayotgan siydikning ma'lum qismi et orasida qolib ketishi natijasida tahoratning mukammalligiga ham putur etadi.

To Top ↑
To Top ↑