Bosh sahifaMuhim“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga berilgan 10 ta imtiyoz
“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga berilgan 10 ta imtiyoz
17:45 | 12-07-2023
0
4555
FACEBOOKWHATSAPPEMAIL
“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga qanday imtiyozlar berilgan? Hotin-qizlarning bandligiga qanday yo`nalishlarda ko`maklashiladi? Necha foizlik stavkada kreditlar beriladi? Quyida ayollarga berilgan 10 ta imtiyoz haqida ma'lumotlar jamlandi.
Bandligi ta'minlanadi
Hotin-qizlarning bandligiga quyidagi yo`nalishlarda ko`maklashiladi:
a) tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o`rinlariga ishga joylashtirish;
b) mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o`rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to`lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
v) kooperativlarga jalb etish;
g) kasb-hunarga va tadbirkorlikka o`qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o`zini o`zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko`maklashish.
Tadbirkorlikka jalb qilinadi
Tadbirkorlikni yo`lga qo`yishga ko`maklashish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
a) o`quv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish istagini bildirgan va xotin-qizlarning tadbirkorlik ko`nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko`maklashadi;
b) tadbirkorlikni yo`lga qo`yish va rivojlantirish uchun kredit ajratiladi.
Kreditlar 33 million so`mgacha miqdorda ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma'muriy xarajatlarni to`lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta'minoti, mebel', aloqa xizmatlari to`lovi va uyali telefon sotib olishga hamda taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo`l qo`yilmaydi.
Kreditlar 14 foizlik stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug`ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga — 3 oydan 6 oygacha bo`lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qo`y va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo`nalishi) uchun — 1 yilgacha bo`lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bog`dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo`jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha bo`lgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
O`zini o`zi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so`mgacha miqdorida kredit mablag`lari naqd pulda berilishi mumkin.
Kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta'minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o`rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million so`mdan ortiq, biroq 1 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta'minlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million so`mgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
3. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o`zini o`zi band qilish uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi
Hotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to`qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo`jaligi (motokul'tivator, o`t o`rish o`roq mashinasi, payvandlash apparati, o`simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million so`mgacha yoki 10 million so`mgacha subsidiya ajratiladi.
Tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko`maklashiladi
Hotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko`maklashish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
engil konstruktsiyali issiqxonalar o`rnatish;
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo`lga qo`yish;
dehqonchilik bilan shug`ullanish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama ko`maklashish;
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala do`konlari”ni tashkil etish.
Hotin-qizlarga moddiy yordam ko`rsatiladi
Tasdiqlangan ro`yxatlar asosida bir martalik moddiy yordam beriladi.
Ushbu bir martalik moddiy yordamni to`lash uchun bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) ko`rsatilgan ro`yxatni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limiga taqdim etadi.
Bir martalik moddiy yordam to`lovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendar' yili davomida bir marotaba beriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo`lgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramog`ida nogironligi bo`lgan farzandi bor yolg`iz onalarga qo`shimcha moddiy yordam berish choralari ko`rib boriladi.
Hotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasini to`lanadi
Fuqarolar yig`inlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini to`lab berish bo`yicha talabnomalar shakllantiriladi.
Hotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limi boshlig`ining xulosasi asosida belgilangan tartibda to`lab beriladi.
Bunda:
turar joy ijarasi to`g`risidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limi o`rtasida tegishli yilning so`nggi kunigacha bo`lgan muddatga tuziladi;
turar joy ijarasi uchun to`lovlarning 50 foizi, lekin ko`pi bilan 500 ming so`mgacha bo`lgan qismi qoplab beriladi.
Turar joy ijarasi uchun to`lovlar ijaraga beruvchiga to`g`ridan-to`g`ri to`lanadi.
Hotin-qizlar belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq bo`lmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan ta'minlanishi mumkin.
Hotin-qizlarning uy-joyi ta'mirlanadi
Hotin-qizlarning uy-joyi holati o`rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta'mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo`yicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamg`armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablag` ajratiladi.
Hotin-qizlarga tibbiy xizmat ko`rsatiladi
Hotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramog`ida I guruh nogironligi bo`lgan farzandlarining yoshidan qat'i nazar) farzandlariga tibbiy yordam ko`rsatish zarurati aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.
O`rganish natijasiga ko`ra tibbiy yordam ko`rsatish zarurati aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yo`naltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.
Tibbiy yordam ko`rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramog`ida I guruh nogironligi bo`lgan farzandlarining yoshidan qat'i nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qo`yilishi ta'minlanadi.
Nogironlik belgilari aniq namoyon bo`lgan bemorlar belgilangan tartibda ko`rikdan o`tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
Shuningdek, dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar to`lab beriladi.
I va II guruh nogironligi bo`lgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga etmagan (qaramog`ida I guruh nogironligi bo`lgan farzandlarining yoshidan qat'i nazar) farzandlarining, shuningdek, lozim bo`lganda I guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining O`zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yo`l xarajatlari to`lab beriladi.
Bunda xotin-qizlar yo`l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limiga taqdim etadi.
Yo`l hujjatlari mavjud bo`lmaganda, yo`lkiraga haq to`lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga etkazish lozim bo`lgan taqdirda, yo`l xarajatlarini to`lab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.
Hotin-qizlarga huquqiy yordam ko`rsatiladi
Hotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo`yicha huquqiy yordam ko`rsatiladi:
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko`rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo`ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko`maklashish;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zo`ravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan o`tkazish va zo`ravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan o`tish bo`yicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zo`ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora ko`rish;
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
Hotin-qizlarga psixologik yordam ko`rsatiladi
Hotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga ko`maklashish markazi huzuridagi “Hotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, ta'lim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
Yuqorida ko`rsatilgan barcha imtiyoz va yordamlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga taqdim etiladi.