x

Nima uchun o`ynayotgan bolalarga ogohlantirish beraverasiz yoki tahdid qilaverasiz:

– Baqirmasdan o`yna, boshimni og`ritib yubording!

– Nega hamma joyga o`yinchoqlaringni sochib tashlading, yig`ishtir!

– Qo`llaring buncha kir, toza o`yna. To`g`ri kelgan narsani ushlayverma!

– Shuncha o`ynaganing etadi, bo`ldi endi!

Bolani hamma erkinliklardan cheklayverish hissiy kasalliklarga olib keladi!

O`yin – bu bolalarni o`z muammolarini hal qilishga, istaklarini nazorat qilishga, his-tuyg`ularni boshqarishga, muammolarga turli nuqtai nazardan qarashga o`rgatishning tabiiy usuli. Bu ko`nikmalarni egallashning boshqa yo`li yo`q. Shuning uchun bolaning o`yinga ko`p vaqt sarflashi juda muhimdir.

To Top ↑
To Top ↑