— Bolalaringizga aka-uka va opa-singil qanday bo`lishi? Ular bir-birlarini qanday vaziyatlarda qo`llashi va ko`makchi bo`lishlari haqida eslatib turing. Aka bu — ukaning va singilning himoyachisi bo`lishi, kerakli vaqtda ota kabi bo`lishi, ular haqida qayg`urishi kerakligini tushuntiring.
— Opa ham aka kabi bo`lishi, u ham ona sifatida uka va singillariga mehribon bo`lishi, ularni himoya qilishi kerak ekanligini ayting.
— Jigarlar o`rtasidagi mehr va oqibatni mustahkam qilish uchun avalambor ularni doimo teng ko`ring. Kichik farzandingizga sovg`a bermoq bo`lsangiz, buni kattasi nomidan bajaring yoki katta farzandingiz orqali bering. Bu ham ular orasidagi mehrni kichaytiradi!
— Shuningdek, biror-bir ishga qo`l urishdan avval ularning ikkisiga og`iz soling yoki oila davrasida ularni birga maslahat qilishiga qo`yib bering. Iloji boricha ikkisining maslahat va tavsiyalarini inobatga olib, ularni doimo tinglang!