x

Tug`ilajak farzandning go`zal tashqi ko`rinish, favqulodda aqliy qobiliyat va iste'dodga ega bo`lishi ota-onaga bog`liq ekanligi mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlarda o`z aksini topdi. Demak, ota-ona tug`ilajak farzandining go`zal tashqi ko`rinishga, ma'lum bir sohada, jumladan, san'atda, musiqada, she'riyatda, matematikada va hokazolarda favqulodda iste'dod sohibi bo`lishini istasa, ular homilalanish lahzasida fikrlarini ma'lum bir ob'ektga qaratishlari lozim, ya'ni fikrni bir joyga to`plash intensivligini ikki marta oshirishlari darkor. Mazkur mashq tug`ishdan oldin bir necha hafta davomida bajariladi. Ana shu davr mobaynida, bo`lajak onani tegishli shart-sharoit, muhit - chiroyli tabiat manzaralari, haykallar, kartinalar qurshab turishi, u imkoni boricha, ko`proq dilrabo kuy-qo`shiqlar tinglamog`i zarur.

Shuningdek, bolaning sog`lom bo`lishini belgilovchi omillarga ota-ona, ayniqsa, onaning yoshi kiradi. Fiziologik nuqtai-nazaridan, erkak kishi 60, 80, 90 yoshida ham farzand ko`rishi mumkin. Albatta, 30 yoshli davri bilan 80 yoshli davridagi organizmni fiziologik, shu jumladan, urug`ning holati orasidagi tafovut mavjud. Lekin erkakning yoshi ayolning sog`lom bola ko`rishiga ta'sir qilmaydi.

Farzand ko`rish uchun ayollarning optimal yosh davri 20-35 yoshni tashkil qiladi. Erta - 18 yoshgacha va 40 yoshdan keyin ayollarning farzand ko`rishi maqsadga muvofiq emas. Erta farzand ko`rishda ko`pchilik yosh onalar organizmi homiladorlik va tug`ruq jarayoniga tayyor bo`lmaydi.

40 yoshdan keyin esa follikulalarning tugab borishi munosabati bilan zaif, kasalmand yoki nuqsonli bola tug`ilish xavfi keskin oshadi.

O`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, bolaning Daun kasalligi (barcha imbetsil darajasiga ko`ra aqli zaif bo`ladi) bilan tug`ilishi 20 yoshli onalarga nisbatan 40 yoshli ayollarda 20 barobar ortiq uchrar ekan.

"Ona va bola" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑