Bolalar harakatchan bo`ladi. Qolaversa, organizmning o`sib-ulg`ayishi uchun quvvat, ya'ni ozuqa kerak. Shu sababli o`g`il-qizlar tez ochqaydi. Ayniqsa, maktab davrida! Biroq bunday pallalarda kichkintoylar duch kelgan mahsulotlarni iste'mol qilib ketavermasligi zurur. Ularning turi, sifati, tarkibi va miqdori doimo nazoratda bo`lishi shart.
“Umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida o`quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da umumtata'lim muassasalarida o`quvchilar iste'mol qilishi mumkin bo`lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti ham belgilangan. Ular quyidagilardan iborat:
Go`sht va go`sht mahsulotlari:
I kategoriyali mol go`shti, buzoq go`shti, yog`siz qo`y go`shti (haftada 1-2 martadan ko`p emas), parranda go`shti, kurka, quyon go`shti, baliq,tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda.
Sut va sut mahsulotlari:
sut (2,5%, 3,2%, 3,5% yog`lilik darajasi), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq; quyultirilgan sut (toza va shakar aralashtirilgan holda), quyultirilib-pishirilgan sut; tvorog (yog`lilik darajasi 9% va 18%li; agar yog`lilik darajasi unchalik baland bo`lmasa — 0,5% li); o`tkir bo`lmagan turdagi pishloq (qattiq, yumshoq, eritilgan, ziravorlarsiz kolbasa turdagi); termik qayta ishlanganidan so`ng qaymoq (10%, 15%, 30% yog`lilik darajasi); kefir (qattiq); yogurtlar (termik ishlov berilmagan — tabiiy, sutli va qaymoqli turlari ma'qul); qizaribroq ivigan qatiq (ryajenka), qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari; qaymoq (yog`lilik darajasi 10%, 20% va 30%).
Oziq-ovqat yog`lari:
sariyog`; o`simlik yog`i (kungaboqar, faqat dog`langan paxta yog`i); salatlarga, vinegretlar, sel'd balig`i, ikkinchi taomlar salat yog`i; margarin pishiriqlar uchun; qovurish uchun cheklangan (faqat oliy navlar);
Qandolatchilik mahsulotlari:
konfetlar (zefir, qiyom, marmelad ma'qul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak;qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (ta'm beruvchi moddalarsiz); pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz); qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal;
Sabzavotlar:
kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodring, pomidor, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon ko`kat), shivit, sel'derey (kashnichsimon oshko`k), tomat pastasi, tomat-p'yure.
Mevalar:
olma, nok, olxo`ri, uzum, va bananlar; har kimning iste'mol qila olish qobiliyatiga qarab tsitrusli (apel'sin, mandarin, limon); quritilgan mevalar;
Dukkaklilar:
no`xat, loviya, soya, mosh.
Sharbat va ichimliklar:
mahalliy tabiiy va import sharbatlar, ishlab chiqarilgan ichimliklar (oqartirilgan va quyqali), imkon qadar kichik qadoqda; konservantlarsiz va qo`shimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar;kakao, choy; ichimlik suvi.
Konservalar:
go`shtli konserva; konserva ovqatlari (go`shtli suyuq ovqat (rassol'nik), mol go`shtli karam sho`rva, mol go`shtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar bo`lmaganda istisno tarzida); losos' (qizil go`shtli baliq), sayra yog`da, qovurilgan skumbriya balig`i; sharbatlar, meva bo`laklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi;
sterillangan pomidor va bodringlar, non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda tavsiya etiladi.