x

 

Qullik nima ekanini, turlarini o`tgan safargi maqolamizdan bilib oldingiz! Qullik psixologiyasi nima, qanday qilsak «qul» emas, erkin shaxsni jamiyatga etkazib bera olamiz? Bugungi maqolamiz shu xaqda.

Bolalar xam odam. Doim buyruqlarga bo`ysunib o`sgan bola qul bo`ladi. Huddi shunday, albatta qul bo`ladi. Bola bu alohida shaxs, bizni davomchimiz emas, alohida mustaqil shaxs, boshqa odamlar bilan qanday gaplashsak, xuddi shunday muloqot qilishimiz kerak bo`lgan shaxsdir. Aks holda u quldan bo`lak kimsa emas!

Bolaga nisbatan kibr, man-manlikda bo`lish ularni tushunmaslikka, ularni ozmi-ko`pmi tajribalariga hurmatsizlik bilan qarashga olib keladi. Bolaga «yuqoridan» qarar ekansiz, u qullikka ko`nika boshlaydi, pastdan tepaga qarashga, «labbay xo`jayin» deyishga o`rganadi.

Bola bilan umumiy muloqot tilini topish uchun unga buyruq ohangida emas, suhbatdoshiga qiziqish bildirgan kabi, pedagogik maqsadlarsiz muloqotda bo`lish kerak. Avtoritar tarzda muloqot qilsangiz, bola so`zsiz bo`ysunishga, ohir-oqibat qul bo`lishga tayyorlanib boradi.

Bolalar - xususiy mulkingiz emas! Bola otasi yoki onasi chizgan chizig`idan emas, o`zi yaratgan yo`ldan yurishga haqli. Ona yoki ota bola atrofida o`z real xayotini shakllantirmasdan, uni o`z mustaqil hayotiga, o`z realligiga ega bo`lishiga imkoniyat yaratib berishi lozim.

Bolani qanday qilib ijodkor, erkin shaxs

sifatida ulg`aytirish mumkin?

Bola o`zi mustaqil ravishda qaror qabul qilishni o`rgana boshlagachgina, o`zini anglay boshlaydi. Agar ota-ona hayotga bo`lgan qarashlarini bolaga singdira boshlashsa, u birovni fikriga tobe, o`z mustaqil fikriga ega bo`lmagan shaxsga aylana boshlaydi. Agar bola tazyiqlarsiz o`z real hayotini yarata olsa, o`z hayotining ijodkoriga aylanib boradi. Ota-onani vazifasi - bolaga o`zinikini singdirish, uqtirish emas, bolasidagi qobiliyat va qiziqishlarni sezib, shuni rivojlantirishga zamin yaratishdir.

O`z hayotini o`z qiziqishlari asosida qurgan bolagina kelajakda bahtli yashashi mumkin. Agar bolaligida ko`pgina mashg`ulotlarga borgan bo`lsa, o`shalarni ichidan ko`ngliga yoqqan mashg`uloti bilan umr o`tkazishi va bu bilan «o`zligini topishi», «men» ini topishi mumkin. Agar bunday mashg`ulotlarga bormagan bo`lsa, bu xam muammo bo`lishi mumkin.

Bolalar va maktab.

Ko`pincha ota-onalar bolasini maktabda olgan baholariga qarab baholay boshlashadi. Maktab bolani o`ylashga, erkin fikrlashga o`rgatmaydi, afsuski. Eng a'lochi bo`lgan bola xam hayotda bahtsiz bo`lishi mumkin, agar u bahtli bo`lishga o`rgatilmagan bo`lsa, baxtni tuymagan bo`lsa. Maktabda olgan baholarimiz bizni bahtli qilib qo`ymaydi.

Bola va dam olish. Bola dam olayotgandagi vaqtini xam ota-ona belgilab bergisi keladi. Aytingchi hurmatli ota-ona, siz dam olayotganingizda kimdir qanday dam olishni o`rgatsa, siz qanday ahvolga tushasiz? Yoqmaydi-ya? Huddi shunday holatga bolangiz xam tushadi.

Bola va mehnat. Qilayotgan ishimizdan qoniqayotganimizni farzandimiz sezishi kerak. Shundagina u mehnatni majburiy emas, chin dili bilan qilishni o`rganadi.

Bolavatarbiya. Bolaga tarbiya emas, muhabbat kerak.

Ota-onaning eng asosiy vazifasi, birovga itoatkor va qulay qul emas, erkin, bahtli shaxsni tarbiyalashdan iboratdir!

Gavhar Teshaboyeva

 

 

To Top ↑
To Top ↑