x

Odatda o`g`il bolalarda tish chiqishi ozroq kechikishi normal hisoblanadi. Masalan 9 -10 oylikkacha. 

Normal tish chiqish jarayoniga homiladorlikdan tayyorlanish kerak. Homiladorlikda kaltsiyga boy narsalar istemol qilish kerak. Masalan tvorog.

1 yoshdan o`tganda tish kechikishini chuqurroq tekshirish uchun tish o`rnini kuzatish kerak. Tish o`rni bo`rtgan va milklar shishganroq bo`lsa, demak tez orada tishlar ko`rinadi. Bunga barmoq bilan milkni massaj qilish yoki maxsus o`yinchoqlarni berish yordam beradi. 

Raxit kasalligida tish chiqishi kechikadi va buni sababi D3 vitamin etishmovchiligiga bog`lash mumkin. Quyoshda ko`proq sayr qildirish kerak. 

Juda kam hollarda Adentiya tish shakllanmaslik ( tug`ma) kasalligi uchraydi. Uni bolalar stomatologi bilan birga jag`larni rentgen qilib tekshirish kerak. Agar jag`larda bo`lajak tish kurtaklari bo`lsa xavotirga o`rin yo`q.

To Top ↑
To Top ↑