Har bir ota-onaning oʼz farzandi bilan doimiy muloqotda boʼlishi, uning aytmoqchi boʼlganlarini tinglashi vaqt oʼtib oʼzing ijobiy natijasini koʼrsatadi.
Psixologlar farzandlar bilan gaplashish juda muhimligini, lekin u gapirganda uni tinglash ham bir xil darajada muhim ekanini taʼkidlashadi.
Ular bolalar bilan muloqotning samarali kechishi uchun quyidagicha tavsiya berishadi:
Suhbatni boshlang va keyin bola sizga aytmoqchi boʼlgan narsani diqqat bilan tinglang. Baʼzida bolalar oʼz fikrlarini ifoda etishlari qiyin boʼlishi mumkin. Shuning uchun nafaqat ularning soʼzlariga, balki xatti-harakatidagi signallarga ham eʼtibor bering:
1.Ovoz ohangi: bolaning soʼz yoki iboraga urgʼu berish usullariga;
2. Bolaning ayni damda nimani his qilayotganini koʼrsatadigan ifodalarga; Yaʼni u biror narsa haqida gapirganda oʼzida qanday his-tuygʼularni his qilishini tushunishga harakat qiling — gapirayotganini yoqtiradimi, qoʼrqadimi yoki stress mavjudmi?;
3. Tana tili: koʼz bilan aloqa qilish, bolaning holati, qoʼllarining holatiga eʼtibor bering;
Siz nafaqat bolani tinglashingiz, balki uni eshitayotganingizni va uning soʼzlarini jiddiy qabul qilishingizni bildirishingiz kerak.