x

Ba'zan farzanjingizga bir ish aytsangiz "xo`p" deydiyu, bilganini qilaveradi. "Telefonni qo`y, ovqatingni e" desangiz, telefondan ko`zini uzmagan holda "xo`p, hozir" deb qo`yadi. Lekin aytilgan ishni bajarishdan darak yo`q. Bunday holatda tabiiyki jahlingiz chiqadi. Lekin bolangizga aytgan ozgina qo`pol gapingiz ham unda ruhiy zarba bo`lib qolib ketishidan, natijada dilbandingiz kelajakda qiynalishidan xabaringiz bor, to`g`rimi? 

Ho`sh, unda bola gapga kirmaganda nima qilish kerak?
0 yoshdan 16 yoshgacha bolaning qaysarligi tabiiy xolat xisoblanadi. Chunki bu davr bolada uning “men”i shakllanadigan davr. Siz uning eng yaqin insoni sifatida uni tushunishingiz va qo`llab-quvvatlashingiz lozim. Demak, bolaga biror ishni aynan bajarishni buyurishni bas qilish kerak. Aksincha, unga tanlov bering. Farzandingizga biror yumush buyurmoqchimisiz, unga kamida 2 xil tanlov bering. 

Masalan: sut ichishini xohlasangiz “Sutingni ichib ol” emas, “Sutni shokolad bilan ichasanmi yoki o`zinimi?” yoki “Darslaringni qil” emas, “Dars qilishni matematikadan boshlaysanmi yoki ona tilidan?” tarzida. Shunda siz bolangizning miyasiga shu ishni qilishi kerakligi haqidagi axborotni signal qilib yuborasiz, u esa buni “men”iga tegmaganingiz uchun bajonidil qiladi. Sinab ko`ring, ajoyib uslub.

To Top ↑
To Top ↑