x

Bolalar yoshligidan turli oʼyinchoqlarni oʼynashni xush koʼradi. Uning yaqinlari ham bolani xursand qilish maqsadida turili xildagi oʼyinchoqlarni hadya qilishadi. Аmmo baʼzi turdagi oʼyinchoqlar borki, ular bolalarning psixologiyasiga oʼzining salbiy taʼsiri oʼtkazmay qoʼymaydi. Buni tahlillar isbotlagan. Shunday ekan, bolalarga oʼyinchoq sovgʼa qilishda ushbu tavsiyalarga amal qilish foydagi boʼladi.

Transformerlar yaʼni maxluqlar va agressiv qahramonlar

Bunday oʼyinchoqlar bolada agressivlikni uygʼotadi, vazmin bolalar esa oʼz qobigʼiga oʼralib olishi mumkin. Oʼyinchoq nafaqat bolaning oʼzini tutishi oʼzgarishiga, balki tunda qoʼrqinchli tushlar koʼrishiga ham sabab boʼladi.

Interaktiv oʼrgatish xususiyatidagi oʼyinchoqlar

Deyarli barcha doʼkonlarda topish mumkin boʼlgan, tugmasi bosilganda harflarni aytib berishi, qoʼshiq kuylashi va raqamlar ketma-ketligida sanashi mumkin boʼlgan gadjetlar psixologlarning fikricha bolaning rivojlanishiga toʼsqinlik qiladi. Bunday aqlli oʼyinchoqlar bolani fantaziya qilishi va mustaqil oʼylashiga qoʼyib bermaydi. Rangining haddan ortiq yorqinligi sabab esa stress keltirib chiqarishi ham mumkin.

Tabiiy shakl, rang va hajmda boʼlmagan oʼyinchoqlar

Oʼyinchoq mavjud qonuniyatlar asosida, tabiiy rang va koʼrinishi masalan, ayiq jigarrang boshqa hayvonlar ham oʼz shakli va rangidek boʼlishi kerak. Klassik psixologiya noodatiy qahramonlar bola psixikasi uchun zararli deb hisoblaydi. Аyniqsa, maktabgacha boʼlgan davrda bolada dunyo haqida tasavvur shakllanadi va koʼrgan har qanday predmet xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu degani bola kichikligidan ayiq qoʼngʼir rangda, dazmol issiq, bolgʼa esa ogʼir boʼlishini tushunishi kerak. Yumshoq, puflanadigan bolgʼa singari oʼyinchoqlar esa tasavvurning toʼgʼri shakllanmasligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, fantaziya va nutqni rivojlanishiga taʼsir koʼrsatadi.

Qoʼgʼirchoqlar

Barbi qoʼgʼirchoqlari bolalar oʼyinchoqlari orasida doim mashhur boʼlgan. Bugungi kunda L.O.L va boshqa qoʼgʼirchoq analoglari ham yoʼq emas. Аmmo tuzilishi jihatidan oshirib yuborilgan qoʼgʼirchoq turlari qizlarning kelajakda oʼzidan kamchilik qidirishi, onalikka nisbatan notoʼgʼri munosabat shakllanishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Britaniyalik olimlar bolaligida barbi qoʼgʼirchoqlarini oʼynagan qizlar oʼsmirlik davrida psixologik oʼzgarishlar bilan namoyon boʼladigan, ovqat hazm aʼzolari kasalliklari, anoreksiya va bulimiya koʼproq kuzatilishi maʼlum qilingan.

Jarrohlik amaliyotida ishlatadigan toʼplam

Doʼkonlarda maniken tanasiga joylanishi kerak boʼlgan aʼzolar yoki jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan toʼplamli oʼyinchoqlarni uchratish mumkin. Lekin ular orasida zararlilari ham yoʼq emas. Mutaxassislarning fikricha, anatomiyani maʼlum yoshda kattalar kuzatuvi ostida oʼrganilmasa, psixikaga notoʼgʼri taʼsir qiladi.

Turli vazifalarni bajaradigan chaqaloq koʼrinishidagi oʼyinchoqlar

Idishdan sut ichadigan, baland ovozda yigʼlaydigan va kuladigan qoʼgʼirchoqlar qizlarga qilinadigan sovgʼalar orasida eng koʼp uchraydigani sanaladi. Qizlarga ona-bola rolini oʼynash imkonini beruvchi mazkur oʼyinchoq aslida bolalar fantaziyasini cheklanishi hamda tasavvurning notoʼgʼri shakllanishiga sababchi boʼladi. Negaki u faqatgina vaqti-vaqti bilan yigʼlaydi, uning xarxashalari esa bolada psixoz keltirib chiqarishi mumkin.

Buzish kerak boʼlgan oʼyinchoqlar

Mutaxassislarning fikricha, qurish emas buzishga moʼljallangan oʼyinchoqlarni xarid qilmaslik kerak. Chunki bunday antikonstruktorlar bolada zoʼravonlik qilish istagi paydo boʼlishiga undashi va buzgʼunchilik qilganidan keyin rohat hissini tuyishiga sabab boʼlishi mumkin. Biron narsani buzishga oʼrgangan bola oʼyinni hayot bilan qorishtirib qoʼyishi va boshqalarga ham zarar yetkazishi mumkin.

Manba.

To Top ↑
To Top ↑