Bola 16 yoshga to`lguncha ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, 16 yoshga to`lgach o`z arizasiga binoan ismini, unga berilgan familiyani FHDYo organi orqali o`zgartirishga haqli.
Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o`z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo`lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga ta'minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko`ra bo`yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Agar bola o`zaro nikohda bo`lmagan shaxslardan tug`ilgan va unga nisbatan otalik belgilanmagan bo`lsa, vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e'tiborga olib, uning familiyasini onaning murojaat qilgan davridagi familiyasiga almashtirish uchun ruxsat berishga haqli.
10 yoshga to`lgan bolaning ismi yoki familiyasini o`zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo`l qo`yiladi.