x

Keling, ital'yan utopisti Tommazo Kampanellining “Quyosh shahri” asarini eslab kuraylik. Mazkur kitob qamoqxonada yozilgan bo`lib, jamoaviy tarbiya g`oyasi o`rtaga tashlangan.

Mazkur g`oyalarni “Bolaning dunyoga kelishi va ota-onalarning uni tarbiyalashi” bo`limida uchratishimiz mumkin. “Ularni dunyoga keltirgach, o`zlari boqishadi. Yangi tug`ilganlarni alohida umumiy binolarda tarbiyalashadi. Ikki yil va undan oshiq vaqt davomida ko`krak suti bilan boqadilar, har qanday maslahatdan qat'i nazar, shunday bo`ladi. Ko`krak suti bilan boqilgan bola rahnamo ayolning homiyligiga beriladi. Agar o`g`il bola bo`lsa, erkak boshlikka berilishi lozim. U erda boshqa bolalar bilan mashg`ulotda ishtirok etishadi, o`ynashadi, alifbe bilan tanishib, rasmlarni tomosha qilishadi, chopishadi. Ola-bula ko`ylak qiyishadi.

Sakkizinchi yili ular tabiiy fanlarga, so`ng boshqasiga o`tkaziladi. Boshliqlarning aytishicha, keyingi jarayon — hunar o`rgatishdir.

Qobiliyati biroz pastroq bolalar qishloqqa jo`natiladi, iqtidori erta namoyon bo`lgani esa yana shaharga qaytarib olinadi. Aksariyat hollarda bir yulduz burji ostida tug`ilgan tengdoshlar qobiliyati, xulq-atvori va tashqi ko`rinishi bilan o`zaro mosdir. Buning natijasi o`laroq, mamlakatda buyuk hamjihatlik yuzaga keladiki, u mutlaqo doimiy mehr-muhabbat va bir-biriga ko`mak berish bilan o`ziga xosdir”.

Utopiya hech qachon amalga oshmaydigan orzu. Utopik orzular faoliyatga chorlagan, ammo kutilgan natijalarga olib kelmagan.

“Quyosh shahri yoki orzu qilingan respublika” utopik asari 1602 yilda lotin tilida yozilgan bo`lib, ilk bor 1623 yili bosilib chikdi. Utopiya grekcha so`z bo`lib, “u” grek tilida – “yo`q”, – “topos” esa “joy” degan ma'noni anglatadi. Demak, utopiya — yuk joy, fantaziya, taxmin, ertak demakdir.

Siyosatda esa utopiya hech qachon amalga oshirib bo`lmaydigan avvalgi va keyingi orzu-niyatlar, xolos.

Baxtga ko`ra, bolangizni siz, o`zingiz tarbiyalashingiz mumkin. Siz bolangizni o`zini anglashiga yordam berishingiz kerak, bunga majbursiz. Shunday ekan, go`dakligidan qobiliyatini o`stirishga harakat qiling, ammo irodangizga buysundirishga urinmang.

Tafakkur quvvati anchayin sust bola bilan ishlar ekansiz, dastlab ob'ekt va dalillarni qay tarzda anglab etib, qabul qilishiga alohida e'tibor bering. Bolaga tanish dalillar asosida o`rganiladigan saboqqa doir barcha ma'lumotlarni hadya eting, o`ziga yaqin belgilarni axtarib topish, shu asosda tegishli bayonnoma tuzish, sog`lom tafakkurini rivojlantirishiga urinib ko`ring. U shu tariqa tabiat va insonga tegishli munosabatni o`zida jo etadigan bo`ladi.

Bola ko`ngliga diqqat bilan qarab, uni uyg`oting va tasavvurini qo`zg`ash orqali kuzatuvchanligini kuchaytiring. Shu maqsadda bolaga turli-tuman buyumlarni ko`rsatish kerak, toki yangiligi bilan uning diqqatini jalb etsin. Bu borada qat'iy nazorat o`rnatish joizki, tasavvur layoqati qiyinchilik tug`dirmasin. Bir vaqtning o`zida ko`p miqdordagi buyumlar bu tasavvurga kirmasin, aks holda bola shuurida fikriy tarqoqlik, parishonxotirlik va yuzakilik ro`y berishi mumkin.

Uning aqliy quvvati ozmi-ko`pmi mustahkamlansa, aynan o`sha bitta buyum to`g`risida birgalikda to`la-to`kis ishlash mumkin, ammo mazkur holatda, doimgidek, u bolani qiziqtirsin, ravshan namoyon bo`lsin, ya'ni bolaning aqliy jihatdan o`sishiga mos ruhiy ozuqaga aylansin. Uning diqqatini faqat buyumga qaratish shu tariqa o`rgatilib boriladi. Ammo bunday kuzatuvchanlik uzoqni ko`ra bilish va omilkorlikni taqozo etadi.

Esingizda bo`lsin: bolaning aqliy qobiliyatini yoshlik chog`idanoq o`stirish unga “o`zini topish” va o`z-o`zini anglashiga juda katta yordam beradi.

Oilada baxtga erishish yo`llari” kitobidan

 

To Top ↑
To Top ↑