Ingliz yozuvchisi Oskar Uayldning onasi Jeyn Elji o`nta tilda gaplasha olar, 17 yoshdan boshlab Sperantsa taxallusi ostida she'rlar yozardi. Bu siyosiy she'rlar “Millat” jurnalida chop etilardi. Biroq ko`p o`tmay u turmushga chiqdi va qalam o`rniga beshik tutdi.
Ularning xonadonida ulug`vor muhit xukm surardi – antik suratlar va haykallar, javon to`la nodir kitoblar, har shanba kuni esa dublinliklar bilan adabiy o`qishlar uyushtirilardi. Jeyn Oskarga chet tillarini o`qitdi, adabiyot va tarixga qiziqish uyg`otdi. Oskar 12 yoshga kirganda Vergiliyning she'rlarini bemalol tarjima qila oladigan darajaga etdi. Ona o`z ijodiy orzularini o`g`lida amalga oshirdi – adib jahon tarixida qoldi.