Mashhur kimyogar Mendeleev tug`ilgan nochor oilada deyarli har yili chaqaloq tug`ilar, ko`p o`tmay vafot etardi. Yettinchi farzand Dmitriy esa omon qoldi. Uning otasining ko`zi ojiz, shu bois ro`zg`or yuki va bolalar tarbiyasi onasi Mariyaning zimmasida edi.
Bola betoblanib to`shakka yotib qolganida onasi unga bir talay entsiklopediyalar keltirib berdi, boshlang`ich ta'limni uyda onasidan olgan Dmitriy maktabga ikki yil avval qabul qilindi. Maktabni bitirgach, u o`zi qiziqqan tibbiyot universitetiga imtihon topshirdi, biroq undan yiqildi.
Mariya uni ilmi tolib bo`lishini orzu qilardi, o`g`lini yanada ko`proq tayyorlanishga undadi. Nihoyat, Dmitriy talabalik baxtiga erishdi, bundan xotirjam tortgan ona esa ko`p o`tmay vafot etdi.