Hazrati Usmon roziyallohu anhu bilan avval Ruqayya onamiz nikohlangan edilar. Bu baxtli nikoh uzoq davom etmagan, Ruqayya onamiz ancha yosh vaqtlarida olamdan o`tganlar. So`ngra Muhammad sollallohu alayhi va sallam Usmon roziyallohu anhu bilan qizi Ummu Gulsumning oila qurishlarini istaganlar. Biroq ikkinchi marotaba ham payg`ambarning qiziga uylanishdek baxtga noyil bo`lgan Usmon roziyallohu anhuning boshiga yana musibat keladi. Ummu Gulsum ham ancha yosh paytida vafot etadi. Bu safar ham Usmon roziyallohu anhu bu ayriliq azobidan kunlarcha yig`laganlar. Muhammad sollallohu alayhi va sallam ularga tasalli berganlar. Alloh taolo har narsa bilguvchi! Insoniyat tarixida Usmon roziyallohu anhudek ayolining vafoti sabab g`amga botgan birorta odam yuqdir. Chunki ikkala nikohida xam ayolini yuqotadilar.
ʺOlimetishtirgan onalar"kitobidan