1. O`zingiz kitob o`qib o`rnak bo`ling.
2. Bolangizga kitob o`qib bering.
3. Uyquga yotishidan oldin ertak yoki hikoya o`qib bering.
4. Kitob o`qishning foydalari haqida unga so`zlab bering.
5. Kitob o`qiydigan bolalar bilan do`stlashtiring.
6. Kitobdan chalg`itishi mumkin bo`lgan narsalar – TV, telefon, kompyuter, planshetlardan me'yorida foydalanishiga ruxsat bering. Shuningdek, bu jihozlardan me'yorida foydalanish bilan o`zingiz ham o`rnak bo`ling.
7. Unga suratli, qiziqarli kitoblar hadya qiling.
8. Kitob o`qigani uchun mukofotlang. Masalan, bitta kitobni o`qib bo`lsang, falon narsa olib beraman yoki falon joyga sayrga olib boraman deb unga xush keladigan va'dalarni bering va shartni bajarganda buni darhol, mamnuniyat ila amalga oshiring.
9. Ko`p kitob o`qib, ilm o`rganib muvaffaqiyatga erishgan kishilar haqida farzandingizga so`zlab bering.
10. Farzandingiz bilan kitob do`kon va kutubxonalarga boring. O`zi istagan kitoblarni olib bering.
G`iyosiddin Yusuf