Qishki bolalar
Chapaqaylarning aksariyati aynan sovuq - dekabr', yanvar' va fevral' oylarida dunyoga kelar ekan. Qishki bolalar odatda yurak-qon-tomir kasalligi bilan xastalanishga moyil bo`ladi. Qishda tug`ilgan ayollarda xolesterin darajasi juda yuqori bo`ladi, “qishki” qizlarning ota-onalar ularning ovqatlanishiga katta e'tibor qaratishlari lozim.
Psixologlar nuqtai nazarida qishda omadli, intiluvchan, iste'dodli va irodali shaxslar tug`iladi. Bu insonlar ishlashni biladi, o`z harakatlariga intiluvchan bo`ladi, ularni yo`ldan qaytarish oson emas, shu sababdan ular yuqori natijalarga erishadi. Shu bilan birga o`zini sevadigan, qaysar “qishki” bolalar bolaligidanoq arzimagan narsani deb ta-onasi bilan bahslashadi, o`z xatolarini tan olmaydi, doim birinchi bo`lish istagi bo`lgani sababli tengdoshlarining davrasida o`z o`rnini topishi oson bo`lmaydi. Ular o`z juftlarini ham kech topishadi.
Bahorgi bolalar
Bahorgi bolalar jismonan nozik bo`ladi, shamollashlar, allergiyalarga moyil bo`ladi, ularni chaqaloqligidan chiniqtirish lozim. Farzandingizning atrof-muhitiga e'tibor qiling. Psixologlarning nuqtai nazarida bahorda tug`ilgan bolalar jur'atsiz, ko`ngli bo`sh, tez aldanuvchan bo`lishadi. Aynan «bahorgi» bolalar ehtiyotkor bo`lishadi. Ular suxbatdoshini juda diqqat bilan eshitadi. Ko`p masalalarda ular to`g`ri fikrga ega bo`ladi, ammo doim ham aytmaydi, ayniqsa biror davrada, ular bahslashishni xush ko`rmaydi, liderlikdan bosh tortishadi. Bunday bolalarning ota-onasiga yuklatiladigan vazifa – unga o`ziga ishonch tuyg`usini uyg`otish, kerakligi va himoyalanganlik tuyg`usini singdirishdir.
Yozgi bolalar
Yozda optimist va baxtlilar dunyoga kelishadi – bu Hertfordshir universiteti olimlari tomonidan isbotlangan. Yozda tug`ilganlar o`zlariga juda yuqori baho berishadi, ularning orasida optimistlar ko`p, ular o`zlarini omadli va baxtli his qilgani uchun dunyoga ham pozitiv ko`z bilan qaraydi. Psixologlarning fikricha, yozgi bolalar hissiyotgan beriluvchan, ta'sirchan, mehribon, impul'siv va jizzaki bo`ladi. Keyinchalik yozda tug`ilganlar kar'erizmdan bosh tortib, mehnatga sho`ng`ib ketadi. Ota-onalar farzandlari uysiz hayvonlarga yordam berishga, chaqaloqlarga qiziqishiga, va kuchsiz sinfdoshlarini himoya qilishlariga tayyor turishlari lozim.
Kuzgi bolalar
Agar siz farzandingiz uzoq umr ko`rishini istasangiz uni tug`ilishini kuzga mo`ljallaganingiz maqsadga muvofiq. . Bunga esa ulardagi vazminlik, ehtiyotkorlik va hotirjam optimizm yordam beradi. Kuzgi bolalar o`qishda g`ayratli, do`stlari va ota-onasi bilan deyarli nizo chiqarmaydigan, pulning qadrini erta anglab etadigan hamda mo`min qobil bo`lishadi.Kuzda tug`ilgan bolalar ishda ham shaxsiy hayotda ham katta omadlarga erishishadi.Turli mamlakatlarda yashagan millionlab aholini tahlil qilib, olimlar keksalikka etuvchilar asosan kuzda tug`ilganlar ekanligini aniqlashdi.