x

2013-yil Amerika universitetlaridan birida o`tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, bola ona qornida ekanligida til nutqini rivijlantirishni boshlaydi ya'ni homilaning 30-haftasida bolaning miya mehanizmi to`laligicha  rivojlangan bo`ladi va tashqaridan kelgan tovushlarga o`z reaktsiyasini berishni boshlaydi. Ona ovozi bola uchun hotirjamlik belgisi hisoblanadi, notanish tovushlar, shovqinlar esa bolaning asabiylashishiga va injiq bo`lishiga sabab bo`ladi.  Tug`ilishining so`nggi 10 haftaligida  bola to`laligicha ona muloqotini tinglaydi. Yangi tug`ilgan chaqaloq esa o`z ona tilidagi va xorijiy tildagi tovushlarni farqlay oladi. Homila davrini boshidan kechirayotgan onalar imkon qadar bolaning tarbiyasi, psixologiyasiga nafi tegadigan kitoblar o`qishi, sokin qo`shiqlar tinglashi tavsiya etiladi. Halqimizda azaldan, bola besh yoshgacha podshoh degan gap bor, 5 yoshigacha uning barcha istaklari bajo etilishi kerak, lekin 90% bilim, ko`nikmalarga bola 5 yoshigacha ega bo`ladi, bolaligidanoq uni chet tillariga  yoki muayyan bir sohaga yo`naltirilsh, keyinchalik unga yuqoridagi bilimlarni tanishi, o`rganishi oson va tez bo`lishiga yordam beradi. Bolalar asosan eshitgandagi ma'lumotlarni ko`proq yodda saqlaydi, 2 va 3 yosh,  bola xorijiy tillarni o`zlashtirishi uchun maksimal yosh hisoblanadi. Ma'lumotlarni qabul qilishi oson bo`lgan bolalarda  bu yosh 1,5 ni tashkil qilsa, o`zlashtirishi sust, yoki o`rganishni istamagan bolalarga 7 yoshgacha kitob o`qishga, xorijiy tillarni o`rgatishga majburlamagan yaxshi. Bolani u yoqtirmagan mashg`ulotni qilishga majburlash, unga bo`lgan qiziqishini so`nishiga va qaysar bo`lishiga olib keladi.

To Top ↑
To Top ↑