x

Biron-bir sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun bolalikdan jiddiy shug`ullanish zarur. Bu erda katta mas'uliyat ota-ona zimmasiga yuklatiladi, chunki sizning tanlovingiz farzandingizning taqdirini belgilaydi. Bizning maslahatlarimiz bolangizga mos bo`lgan sport turini aniqlab olishingizga yordam beradi.

Nimagae'tiborniqaratishkerak?

Shunday ota-onalar borki, bolaning sport bilan bog`liq hayotiga aralashishga, trener o`rnini bosishga, bo`lar-bo`lmasga dakki beraverib va bu bilan bolaning kayfiyatini so`ndirib uning har-bir qadamini nazorat qilishga urinadilar. Mutlaqo befarqlik va vasvasali holatda nazorat qilish istagi orasidagi o`rtalikni topish muhimdir.

Qiyintanlov

Ba'zi bolalar tug`ilganidan boshlab fikri-xayoli sportning aniq bir turida bo`ladi. Bu ko`pincha ota-onalar yoki aka-opalar ta'siri tufayli yuz beradi.

Lekin, ko`p hollarda sport turini shaxsiy omillardan kelib chiqib tanlashga to`g`ri keladi. Bu u yoki bu sport maskanining uyga yaqinligi, nufuzliligi yoki urf bo`lgani bo`lishi mumkin.

Nima uchundir ota-onalar bolaning o`zini va imkoniyatlarini kamdan-kam hollarda xolisona baholaydilar. Ular aynan shu jihatlar uning muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam berishini o`ylamaydilar.

Navbatdagi bosqich — albatta shifokor ko`rigidan o`tish. Bola sportning muayyan turiga qatnashishga qaror qilgan bir paytda, to`satdan bu uning sog`ligiga to`g`ri kelmasligi ma'lum bo`lib qolishi juda achinarli hol!

Hato qilishdan qo`rqmang – hatto noto`g`ri tanlov ham hech narsa qilmaslikdan yaxshiroq. Bolangizni sportga iloji boricha ertaroq bersangiz, u katta bo`lganida sizga rahmat aytadi.

 

To Top ↑
To Top ↑