So`rg`ichning qanday turlari mavjud?
Lateksli so`rg`ichlar tabiiy hisoblanib, rangi to`q sarg`ish bo`ladi. Ular ko`pincha muddatidan oldin tug`ilgan va nozik chaqaloqlarga tavsiya etiladi. Sababi, lateksli so`rg`ichlar og`iz haroratida isib yumshaydi va ona ko`kragini eslata oladi. Lekin lateksli so`rg`ichlar tarkibida oqsillar mavjudligi tufayli bolada allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Lateksli so`rg`ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo`lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o`zidan konseragen (salomatlik uchun o`ta zararli) moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so`rg`ichlar sun'iy materialdan tayyorlanadi. Ular rangsiz bo`ladi. Silikonli so`rg`ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo`lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun'iy moddadir.
Silikonli so`rg`ich lateksli so`rg`ichdan ko`ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.
So`rg`ichni shakliga qarab farqlash:
Oddiy so`rg`ich - asosan lateksdan tayyorlangan bo`lib, ona ko`kragi shaklida bo`ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo`ladi.
Anotomik so`rg`ich - yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun mo`ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo`lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.
Ortopedik so`rg`ich - tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so`rg`ichlar bolaning og`iz bo`shlig`ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag` deformatsiyalanmaydi.
So`rg`ichni tanlashda nimaga e'tibor berish zarur?
Chaqaloqning vazni;
Og`iz bo`shlig`i kattaligi;
Ko`krak suti yoki aralashmani ichishi;
Chaqaloq yoshi;
So`rg`ich qaysi maqsadda berilishi.
Har bir bola va alohida vaziyat uchun o`ziga yarasha so`rg`ich talab etiladi.
So`rg`ichdan foydalanish davomida quyidagilarni bilish muhim:
Bir so`rg`ichdan faqat bir bola foydalanishi kerak;
So`rg`ich teshilgan, shakli buzilgan, rangi o`zgargan yoki deformatsiyalangan bo`lsa, undan foydalanish mumkin emas;
So`rg`ichni kamida 6-8 haftada almashtirib turish lozim;
So`rg`ichni muntazam ravishda tozalab yuvib, sterilizatsiya qilish talab etiladi;
So`rg`ichni issiqlik yoki quyosh nurlari yonida qoldrish mumkin emas;
So`rg`ichni bolaning bo`yniga ipga ilish o`ta xavfli, bo`g`ilib qolish ehtimoli katta. Uning o`rniga kiyimga qadaladigan maxsus so`rg`ich ilmoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Yana bir kichik tavsiya, imkon qadar so`rg`ichdan kamroq foydalangan ma'qul, chunki uning ijobiy ta'siridan ko`ra salbiy ta'sirlari ko`proq.