Hazrati Maryam ham farzandidek bir go`dak edi. Uni onasi dunyoga keltirdi va Allohga atadi. Uni ulg`aytirib, tarbiyalagan esa Allohdir. Hazrati Maryam bilan bog`liq diqqatimizni tortgan oyatlardan biri «Oli Imron» surasining 37-oyati edi: «Uni nihoyatda go`zal o`stirdi». Oyatda kelgan <
Jabroyil alayhissalom bilan uchrashgandan so`ng Allohning amri bilan hazrati Maryam onamiz Iso alayhissalomga homilador bo`ldilar. Bu hodisaga hech kim ishonmas edi. Shu tufayli Alloh taolo unga <
Hazrati Maryam Robbiga itoat qilgan holda bandaligini eng go`zal shaklda o`rniga qo`ydi. Alloh taolo xam uning farzandini quvilgan shaytonning sharridan muhofaza qildi. Bu haqiqatni janobimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam shunday ifoda qilganlar: «Dunyoga kelgan har bir go`dak tug`ilganida shayton unga teginadi, shu sababdan chirqillab yig`lab tug`iladi. Maryam hamda o`g`li Iso bundan mustasnodir.» (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
"Olim etishtirgan o`nalar" kitobidan