x

Emizikli ayolning ovqat ratsioni boshqalarnikidan foydaliligi, vitaminlarga boyligi bilan farq qilishi lozim. Ona iste'mol qilgan barcha mahsulotlar bilan sut orqali bola ham oziqlanadi. Chaqaloqlar hazm tizimi yaxshi rivojlangunga qadar bir qancha mahsulotlar iste'molini cheklash lozim.

Gazli ichimliklar

Asal choy

Fast-fud, chipslar, yarim tayyor mahsulotlar

Achchiq va sho`r taomlar

Spirtli ichimliklar

Shirinliklar

Mevalar (shaftoli, qovun, qulupnay, apel'sin, mandarin, anor, o`rik, nok)

Pomidor

Mayonezli salatlar

Ushbu mahsulotlar chaqaloq ichaklarida gazlar hosil qilib, bolaning bezovtaligi kuchayadi. Bundan tashqari shirinliklar va tsitrus mevalar bolaga turli allergik o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli ushbu mahsulotlarni 6-7 oylikdan so`ng sekin-asta, kichkina portsiyada ratsionga qo`shib borish lozim.

To Top ↑
To Top ↑