Sog`lom bola bu - yaxshi o`ynaydigan, yaxshi gapiradigan va yaxshi chizadigan boladir. Bolaning rasm chizishi uning ichki dunyosini ochib beruvchi eng yaxshi vosita. Shu sababli bola o`z ichki kechinmalari, hissiyotlarini ifoda etish uchun unga chizish uchun imkoniyat yaratib berish kerak. Albatta devorga emas, qog`ozga.
Rasm orqali bola o`z xursandchiligi va xafagarchiligi, qo`rquvlari va fantaziyalarini, atrof – muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Darvoqe bolam chizmaydi demang! Chizmaydigan bola bo`lmaydi. Agar u chizishni istamasa unda psixologik stress bor!
Bolaning nima chizishi uning yoshiga bog`liq. Quyida yoshga nisbatan chizish harakatlari o`rtacha ko`rsatgichlari.
12 – 18 oy – har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga o`xshash shakl va ma'nosiz zigzaglar.
2 yosh – vertikal chiziqlar.
2.5 yosh – gorizontal chiziqlar, spiral
3 yosh – doira, quyosh
3.5 yosh – birinchi odamcha, krestik
4 yosh – kvadrat, bola o`ziga tanish bo`lgan narsalarni chizishga harakat qiladi.
5 yosh – geometrik shakllar
6 yosh – harakatdagi hayvonlar va odamlar, uy jihozlari va xokazo
Bolada rasm orqali:
1.Bolaning aqliy rivojlanishi aniqlanadi va rivojlanish darajasi ko`rinadi.
2.Bolaning psixologik holati aniqlanadi. (ijobiy yoki salbiy)
3.Bolaning kayfiyati aniqlanadi.
Qachon bolaning rasmiga qarab ona bezovta bo`ladi.
Ota-onalar o`z farzandi rasmlarida quyidagilarni kuzatishsa, bolani nazorat etish talab etiladi.
• Bola chizgan rasmiga qarab yig`lab yuborsa
• Odamcha chizganda, atrofdagilar tushuntirsa ham, odam tanasining bir qismini chizmasa.
• Chizgan odamchaning ko`zlari qop – qora yoki ichi bo`sh doira bo`lsa.
• Keragidan ko`ra ko`r o`tkir chiziqlar chizilsa.
• Rasmlar juda kichik va qog`ozning bir chetida bo`lsa
• Bola chizgan rasmlarini barchasini yirtib tashlasa
• Oyma – oy faqat bir xil rasm chizilsa
• Bo`sh shakllar chizilsa
• Tugatilmagan shakllar chizilsa