x

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, inqirozdan boshka hech narsa ko`rmagan butun boshli avlod paydo buldi. O`tish davri iqtisodiyoti ular uchun boshlang`ich nuktaga aylandi. Ular qashshoqlikdan boylikka oson, tez sakrash mutlako real jarayon deb hisoblashadi. Shu bilan birga ular pulga unga xos bo`lmagan maqom berishni o`rganishdi: axloqsizlikka ruxsat, qariyalarni hurmat qilmaslik, shaxsiy muammolarni pul yordamida hal etish va hokazo.

Kattarok boladan kaltak egan birinchi sinf o`quvchisi mushtumzo`rning adabini berish uchun ikkita uchinchi sinf uquvchisini yollagan. «Shartnoma» bajarildi — mushtumzo`r kaltaklandi. 12 yoshli o`quvchi sinfdoshi tomonidan maktabdoshlarining guvohligida haqoratlangani uchun ma'naviy zararni pul bilan koplatdi. Pulni olgach, kilgan ishidan juda xursand bo`ldi.

Bunday hodisalar kattalarni xavotirga solishi tabiiy. Shu tufayli ular «pul bu – ifloslik» mazmunidagi iboralar bilan farzandlariga ta'sir o`tkazishga harakat kilishadi, ammo bu samarasiz bo`lib chikadi. Buning echimi oson – pulga hayotda rivojlanishga yordam beradigan vazifa topish.

Demak, bolaning kelajakdagi yutuklari, mavqei ota-onasining qancha puli borligida emas, balki oilaviy muhitning pulga munosabatiga bog`lik.

 

      «Men, bolam va pul» kitobidan.

To Top ↑
To Top ↑