x

Bolaning yaxshi ko`rgan narsasini "ovqat eyish" orqali berish noto`g`ri harakatdir. "Ovqatingni esang, senga shokolad beraman" deyilsa, u shokoladga erishish uchun ovqatning haqiqiy lazzatini unutib qo`yadi. Ovqat eyishni tezlashtiradi va ovqatning hech qanday foydasi bo`lmaydi. Bunday usullar orqali ota-onalar muammoni vaqtincha hal qilganlari uchun xursand bo`ladilar. Faqat bu kabi vaqtincha echimlardan foydalanmaslik ma'qul. Huddi shuningdek, "Ovqatingni esang futbol o`ynashga ruxsat beraman" kabi ruhlantiruvchi so`zlar ham noto`g`ri usullardan biri hisoblanadi. Jazolash orqali ovkatlantirish usuliga kelsak, bolaga "Ovkatingni emasang kaltak eysan" kabi qo`rqitishlar bola tarbiyasiga mutlaqo zid bo`lib, majburlov orqali o`sha payt uchun ovqatlantirish uzoq muddatli echim bo`la olmaydi. Buning natijasida bolada ovkatlanishdan zerikish, xatto unga nisbatan nafrat tuyg`ulari ham paydo bo`lishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑