Oldinlari pul bilan bog`liq munosabatlar faqat kattalarga tegishli degan tushuncha ustuvor edi. Pul bilan muomala kilish asosan hayot davomida o`zlashtirilgan. Hozir katta yoshdagi bo`lgan odamlarning ko`pi bolaligida pul topish haqida o`ylamagan va boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari kabi «Pul» o`yinlarini o`ynamagan.
Keyin ko`p narsa o`zgardi, pul maosh va nafaqadan kengroq tushuncha ekanligi ma'lum bo`ldi. Tabiiyki, xizmat va iste'mol turlariga parallel' ravishda pul bilan munosabat turlari ham ko`paydi.
Bu paytda tug`ilgan va ulgaygan bolalar ota-onalaridan pulga aniq munosabatda bo`lishni talab qilishdi. Ota-onalar esa o`zlarining o`tmishdagi o`rtamiyona yashash tarziga tayanib farzandining boylik haqidagi barcha gaplarini rad etishmokda. Yoki aksincha, jazavaga tushib kerak-nokerak joyga pul sarflashmokda.
So`nggi bir necha yil ichida bolalar o`zlarini ikki o`t orasida qolgandek his qilishdi: bir tomonda pulga kanday muomalada bo`lishni bilmaydigan ota-onalari, ikkinchi tomonda esa pulga «sig`inish avj olgan zamonaviy xayot.
Bu faqat zamonga moslasha olmaganlarning muammosi emas. Iktisodiy jihatdan muvaffaqiyatli ota-onalar ham ko`pincha farzandlarining tarbiyasida kiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu ham «boy, demak, yaxshi odam emas>> degan umumiy kayfiyat bilan bog`liq.
" Men, bolam va pul" kitobidan