Kundalik xayotning tezligi etarlicha zich va g`alati. Siz endigina uyingizga keldingiz va dam olishdan umid kilyapsiz, lekin uyda hammaning e'tiborini o`ziga qaratmoqchi bo`lgan bola bor. Qanday qilib, bu vaziyatdan chiqasiz? Ko`pchilik televizor yoki planshetni bolaning qarshisiga ko`yish bilan bu vaziyatdan qutuladi. Aftidan, televizor «zamonaviy buvi, mobil telefon va planshetlar esa «yangicha so`rg`ich»ga aylandi!
Ho`sh, bolaning televizor qarshisida o`tkazgan vaqti uning miyasi va muvaffaqiyatiga qanday ta'sir qiladi? Televizorni ko`p ko`rish bolaning miyasiga «O`q otadi!»
Amerika pediatriya assotsiatsiyasi 2 yoshdan oshmagan bolalarga ekranni taqiqlaydi. Vashington universitetidan Dr. Frank Zimmerman ushbu tashvishni o`rinlimikan (haqiqatmikan), deb hayron bo`ldi. U butun mamlakat bo`ylab 6 yillik tadqiqot o`tkazdi. 3 - 5 yoshli bolalarning televizor ko`rish odatlari o`rganildi.
Bolalar 3 yoshga to`lgunga qadar kuniga 2,2 soat televizor ko`rgan, 3-5 yoshda esa kuniga 3,3 soat televizor ko`rgan. Keyin, 6-7 yoshda, to`rt xil aqliy test o`tkazildi. Natijalar qanday bo`ldi?
• 3 yoshgacha televizor ko`rganlar, 6-7 yoshida o`qish va matematikadan eng past baho oldilar. Onaning bilimi yoki bolaning IQ balidan qat'i nazar natija shunday bo`ldi.
• Mantiqqa zid bo`lishi mumkin, lekin bu bolalarning so`z boyligi etarlicha emas.
Ularning maktabdagi darslarda diqqatni jamlash bilan bog`liq muammolari talaygina.
• Televizor ko`rmaydigan tengdoshlari bilan qiyoslaganda, ular bezorilikka ko`proq moyil. Erta yoshda haddan ortiq televizor ko`rish bolalarning miyasini qaytadan shakllantiradi, bu esa ularning maktabdagi muvaffaqiyatlariga putur etkazadi. Kitob o`qish bolalarning maktabdagi muvaffaqiyatini qo`llab-quvvatlasa, televizorni ko`p ko`rish unga to`sqinlik qiladi. Qay tarzda? Televizor bilan bog`liq birorta ijobiy xabar yo`q!
• Tadqiqotlar ba'zi ta'lim dasturlari foydali ekanligini ko`rsatsa-da, bu faqat 2,5-5 yoshli bolalarga tegishli. 2,5 yoshli bola uchun televizor ko`rish, ta'lim dasturi bo`lsa ham g`oyatda zararli.
Garvard tibbiyot maktabi 4141 nafar o`smirda tadqiqot o`tkazdi. Ko`p televizor tomosha qiladiganlar tushkunlikka tushishi aniklandi. Bu ko`rsatkich erkaklarda yukori.
• Michigan universiteti tadqiqotchilari bolalarni 15 yil davomida kuzatib borishdi. Ko`p televizor ko`radiganlar balog`at yoshida tajovuzkorroq bo`lishi aniqlandi.
• Yangi Zelandiyaning Otago universitetida 1972-1973 yillarda tug`ilgan 1000 nafar bola ishtirokida tadqiqot o`tkazildi. 5 - 11 yoshida televizorni eng kam ko`rganlar 26 yoshda universitetni bitirish ko`rsatkichiga ega. O`qishni tashlab ketganlar esa kuniga 3 soat yoki undan ham ko`proq televizor ko`radiganlardir.
• Jons Hopkins universiteti 8 yoshli bolalar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. Honasida televizor bo`lgan bolalarning maktabdagi muvaffakiyati, xonasida televizor bo`lmaganlarga qaraganda pastroq.
Turkiyadagi Oila va ijtimoiy siyosat vazirligi tomonidan 12 ming oilada tadqiqot o`tkazildi (2015). Shunga ko`ra oila a'zolari birgalikda bajaradigan mashg`ulotlar qatorida televizor tomosha qilish 59,4 foiz bilan birinchi o`rinda turadi. O`kuvchilar yiliga o`rtacha 1000 soat maktabda, 1500 soat televizor va komp'yuter qarshisida vaqtlarini o`tkazadilar!
Ho`sh, yoshlar haqida nima deyish mumkin? 2014-2015 yillardagi ma'lumotlarga ko`ra, Turkiyada 15 yosh oraligidagi yoshlarning 93,9 foizi muntazam - 24 ravishda televizor ko`radi. 56,4 foizi ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o`tkazadi. Bu raqamlar achchik bir haqiqatni ko`rsatmoqda. Vaqtimizning ko`p qismini sarflayapmiz!