x

Ba'zan bolalar indamas bo`lib qolishadi yoki maktabga borishni xoxlamay qoladi. Balki, bu darslarni yoki o`qituvchini yoqtirmasligidan emasdir. Maktabdagi bezori bolalarning zo`ravonliklariga qarshilik qilishga kuchi etmayotgan bo`lishi ham mumkin. Bu bolani sekin-asta maktabga, o`qishga bo`lgan rag`batini so`ndiradi. Shuning uchun farzandlaringizga yoshligidan ruxiy jarohat etkazmang. Urib xaqorat qilavermang. Keyinchalik maktabda xam "qo`rqoq" deya laqab qo`yishlariga, sinfdoshlarini masxaralashlariga qarshilik qila olmaydi. Bundan esa yanada ko`proq depressiyaga tushadi. Buning okibati yaxshilikka olib kelmaydi.

Bolaning kitobxon bo`lishi

Oilada bolalarning kitobxon bo`lishi, ko`prok onalarga bog`lik! Albatta, otalar ham bundan mustasno emas.

Yoshi kichik bo`lgan bolalarga ahamiyat beradigan bo`lsak, ko`cha-ko`yda, begona insonlar oldida, hattoki uxlash vaqti bo`lganda xam onasiga talpinadi. Onasining bag`rini xavfsiz makon deb hisoblaydi. Onasining har bir gapi, xar bir xatti-harakatini to`g`ri deb baholaydi. Buvisi biror narsani aytgan bo`lsa xam onasi o`sha narsani tasdiqlamagunicha ishonmaydi. O`z fikriga ega inson bo`lib etishishi uchun xam onaning o`rni katta hisoblanadi.

Bola shakllanayotgan paytda, uning oldida kitob o`qish, doimo unga vakt ajratib gaplashish, fikrini eshitish, uxlashidan oldin ibratli xikoyalar o`qib berish bolaga ijobiy ta'sir ko`rsatib, kitobxon bo`lishiga sabab bo`ladi.

Qush uyasida ko`rganini qiladi 

Bir kuni onam bilan ovkatlanib o`tirgan edik. Shunda onamlar ovkatni qo`llari bilan edilar.

Men xam ularga qarab qo`lim bilan edim. Shunda onamlar: "Ko`rdingmi, qush uyasida ko`rganini kiladi"-, dedilar. Bu gap menga ta'sir qildi. Shunda o`yladimki, farzandlar ota-onalarga qarab andoza oladilar. Ayniqsa, onalarga qarab. Chunki tarbiyani ko`prok ona beradi.Eslatma: farzandlarimizni ko`z o`ngida hamisha yaxshi amallar bilan gavdalanishimiz kerak. Ularning yonlarida har xil urish-janjallar, bexayo so`zlarni ishlatmasligimiz zarur. Ular bilan ko`prok vaqt o`tkazishimiz, ularga e'tibor berishimiz juda xam muhim.

Ustozga hurmat

Farzandingizga uning ustozini hurmat qilishingizni sezdiring. Shunda u ham ustozini yanada hurmat qiladi. Natijada ilmiga baraka bo`ladi. O`rganishi oson kechadi. Ustozi nimanidir buyurgan bo`lsa, «Qo`yaver, ustozing aytaveradi» demang. Mabodo noto`g`ri ishga buyurgan bo`lsa, buni yotig`i bilan, yaxshilikcha tushuntiring. Ustozini yomonlab, malomat qilib ketmang. Nima bo`lsa ham baribir ustozi, undan ko`ngli qolmasin, ixlosi kaytmasin. Unga ilm o`rgatadigan o`sha inson axir.

 

G`iyosiddin Yusuf

“Tarbiya-chi?” kitobidan

 

 

To Top ↑
To Top ↑