x

«Uxlash u qadar oson san'at emas, buning uchun siz kun bo`yi xushyor turishingiz kerak», deydi Nitsshe. Ho`sh, bolangizning yostiq bilan munosabati qanday? Uyqusizlik bolalarning muvaffaqiyatiga kanday ta'sir o`tkazadi? Fan «muvaffaqiyatli uyqu» haqida nima deydi?

Angliyada 3 000 nafar litsey o`quvchilari bilan tadqiqot o`tkazildi. O`quvchilarning kechasi soat nechada uxlagani, qancha uxlagani va maktabdagi baholari tekshirildi. Uyqu va uning darajalar o`rtasidagi bog`liqlik antiqa: ko`proq uxlaganlar ko`proq muvaffaqiyatga erishadilar. A-V olgan o`kuvchilar S va undan past baho olganlarga qaraganda hafta davomida 17-33 dakika ko`proq uxlashadi.

• Uxlash vaqti va muddatiga og`ishmay amal qiladiganlar muvaffaqiyatga erishadilar. S va undan past baho olganlar dam olish kunlarida (boshqa kunlarga nisbatan) 2,3 soat kech uxlashga yotadi. A-V xaridorlari esa boshqa kunlardagiga nisbatan dam olish kunlarida 1,8 soat kechroq uxlashadi. Bu farq uyqu tartiblari nuqtai nazaridan muhimdir. 

• Natija shuni ko`rsatadiki, etarli va muntazam uyqu maktab muvaffaqiyatini oshiradi.

Hush, samarali natijaga erishish uchun qaysi yoshda qancha uxlash kerak? AQShning Milliy uyqu fondi (NSF) buni tekshirdi. Ushbu tadqiqot uchun ular uyqu fani, anatomiya, fiziologiya, pediatriya, nevrologiya, gerontologiya va ginekologiya bo`yicha mutaxassislarni birlashtirdilar. Ular nechalab uyqusiz kechalar evaziga 300 dan ortiq uyqu bo`yicha yoqlangan tadqiqotlarni o`rganib chikdilar. Turli mutaxassislarning umumiy fikriga ko`ra kunlik o`rtacha uyqu tartibi qaysi yoshda qancha bo`lishi kerak?

•Yangi tug`ilgan chaqaloqlar (0-3 oylik): 14 - 17

•Chaqaloqlar (4 - 11 oylik): 12 - 15 soat 

•Go`daklar (1 - 2 yosh): 11-14 soat. Maktab yoshigacha bo`lgan bolalar (3-5 yosh): 10-13 soat

• Boshlang`ich maktab davridagi bolalar (6-13 yosh): 9-11 soat

• O`smirlar (14-17): 8 - 10 soat

• Yoshlar (18 - 25): 7-9 soat 

•Kattalar (26-64): 79 soat 

• Keksalar (65+): 7 - 8 soat

Shaxsiy farqlar bo`lishi mumkin, bu jahon standartidagi o`rtacha hisob. Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, ko`prok yoki kamroq uyquning zamirida sog`liq bilan bog`liq muammo yotgan bo`lishi ehtimoldan xoli emas.

Mikrouyku samaralimi?

2006 yilda Avstraliyaning Flinders universiteti tadqiqotchilari 5, 10, 20, 30 daqiqa uxlashning ishlashga ta'sirini solishtirdilar. Ular 24 nafar universitet talabalarini 3 yil davomida kuzatib borishdi. Bu talabalar ma'lum tunlarda atigi 5 soat uxladilar. Ertasi kuni ular turli vaqtlarda engilgina mijja qoqishdi. Keyin ular laboratoriyada turli xil xotira va diqqat testlarini o`tkazdilar. Hush, xulosa kanday bo`ldi?

• 5 daqiqalik uxlash hushyorlikni, 10, 20, 30 daqiqalik uyqular esa ish faoliyatini oshirdi. 

• 20-30 daqiqa uxlaganlarga esa etarlicha hushyor tortishlari uchun yana yarim soat vaqt kerak bo`ldi. 

10 daqiqa dam olganlar sustliksiz zudlik bilan sinovdan o`tib, o`sha saviyada ishlarini davom ettirishdi. Shunday qilib, kunduzgi 10 daqiqalik uyqu mukammal deb topildi.

Muvaffaqiyatli odamlar qancha uxlaydilar?

Insonlar orasida uyqu tartibi farqlansa-da, o`rtacha 7 soat a'lo hisoblanadi. Juda kam yoki ko`p uxlash zararli. Seruykulik ko`pgina muammolarni keltirib chiqaradi, barakasizlikdan tortib, semirib ketishgacha. Boshqa tomondan, kam uyqulik e'tiborning etishmasligi, samarasizlik va hatto, shafqatsizlikka olib kelishi mumkin.

Shuningdek, tadqiqotlarda uyquga ketishdan oldin uzoq vaqt davomida mobil qurilmalar ekraniga tikilib turish ertalabki e'tiborni susaytirishi aniqlangan. Uyquga ketishdan oldin g`oyalar kitobini o`qish miyani yuqori mantiqiy fikrlash uchun tayyorlaydi.

 

Mo`min Sekman, Dr.Bahar Erish

“Bolalar muvafaqiyatga qanday erishadilar” kitobidan

 

To Top ↑
To Top ↑