x

Ota-onaning farzand oldidagi dastlabki burchlaridan biri unga go`zal ism qo`ymoqligidir. Farzand kelajakda ismidan uyalmasin, ismi yomon ma'noni bildirmasin. Eng yaxshi ismlar bandalik, xamd ma'nosini anglatuvchi ismlardir. Masalan, Abdulloh, Abdurahmon, Abdulha- mid. Hamidulloh...

Agar ota-ona farzandiga ismining ma'nosini aytib berib, vakti-vaqti bilan buni eslatib tur- sa, Doktor Ihsan Shenojak aytganlaridek: “Abu Bakrlar sadoqatdan, Umarlar adolatdan, Usmon lar xayolan, Alilar ilm va shijoatdan nasibador bo`ladi”.

Arablarda “Menga ismingni aytsang, men senga otangning kimligini aytaman”degan maqol bor. Farzandga munosib ism qo`yish farzandning otadagi xaqlaridan biri xisoblanadi.

Farzandingizga ism qo`yganingizda u bir umr shu ism bilan chaqirilishini inobatga oling. Ba'zi ismlar bolaligida bilinmasligi mumkin, lekin yoshi katta bo`lgandan keyin g`alati tuyiladi. Masalan, Daler ismi. «Dalerjon» deb erkalatib bo`lmasa yoki ulg`ayganda «Daler amaki» deyish xam g`alati, kattalarga xos ulug`vorlikni bildirmayapti.

Qiz bolaning ismi xam chiroyli o`ziga xos bo`lgani yaxshi, shu bilan birga aytganda, eshitganda hijolatchilik bo`lmasin. Ma'nosi yaxshi bo`lsin. Masalan, “Gulbadan ismi bir qarashda qiz bo- laga xos, chiroyli, nozik tuyuladi, lekin aytganda xayol beixtiyor badaniga ketib qolaveradi. Otasi balog`atga etib qolgan qizini shunday atab chaqirishini o`ylang. Juda nokulay bo`lsa kerak...

Undan ko`ra, gulga bog`liq boshka go`zal ismlar xam bor. Masalan, Gulrang kamyob ismlardan.

Farzandingiz ismi qisqartirib aytilishiga o`zingiz sabab bo`lasiz. Agar o`zingiz to`liq aytsan- giz, hatto ismi Muhammadsayidzulfiqorbek bo`lsa xam to`liq aytadilar.

Kimdir farzandingiz ismini qisqartirib aytsa, to`liq aytishini talab qiling, bundan hijolat bo`lmang. Uning o`ziga xam buni o`rgating. Ismi buzib aytilishiga o`rganib qolinsa, farzandingiz kelajakda bundan uyalishi mumkin.

 

 

G`iyosiddin Yusuf

 

To Top ↑
To Top ↑