Dunyo olimlari ayni paytda juda katta idrok egasi bo`lgan noyob qobiliyatli bolalarga e'tibor qaratishmoqda. Bunday o`smirlarning o`ziga xos iqtidorini irsiyat bilan ham, ta'lim-tarbiya bilan ham asoslab bo`lmaydi...
Uzoq vaqtgacha bu bolalar “Quyosh bolalari”, “teflon bolalari”, “nur avlodlari”, “ming yillik bolalari” kabi nomlar bilan atalib kelingan. 1982 yilda esa ekstrasens Nensi Tepp o`zining “Ranglar hayotni anglashga yordam beradi” nomli kitobida g`aroyib iqtidorga ega o`smirlar aurasi odatdagidek sariq emas, to`q ko`k – indigo rangida bo`lishini yozgan va keyinchalik bular “indigo bolalar” deb atala boshlagan.
Indigo bolalar oddiy bolalardan juda farq qiladi. Ular turli muammolarning yangi, oqilona echimlarini ko`ra oladi, ammo ularning dunyoni anglash usullari umume'tirof etilgan me'yorlarga zid. Shuning uchun odamlar ularni tushunishmaydi va ular jamiyatda ildiz otib ketishga qiynalishadi.
Bunday bolalar tabiat va hayvonlarni juda yaxshi ko`rishadi, odamlarga yaxshi munosabatda bo`lishadi. Ammo ular hamma kabi bo`lishga majbur emas. Ular dunyoni rivojlantirishning yangi usullarini topish, uni o`zgartirishga yordam berishlari mumkin.
Indigo bolalar juda rivojlangan sezgiga ega va uning yordami bilan ba'zida g`aroyib qarorlar qabul qilishadi. Bunday bolalarga oilada “u yoki bu to`garakka va repetitorga borasan” deb bosim o`tkazish noto`g`ri. Chunki indigo bolalar uchun tanlash erkinligi rivojlanishning asosiy shartidir.
Indigo bolalar tengdoshlari davrasida vaqt o`tkazishdan o`zini tortishadi, ular birinchi navbatda, o`zlari uchun ma'lum yo`nalishni tanlab, shu yo`nalishda rivojlanadi. Shunisi ham borki, an'anaviy ta'lim usullari ularni rivojlantirishda yaxshi samara bermaydi.
Alohida qobiliyatga ega insonlar hamma vaqt bo`lgan lekin keyingi yillarda ular ko`paygani kuzatilmoqda va bundaylarga jamiyat e'tibor qarata boshladi. Ma'lumotlarga ko`ra, bugungi kunda har 10 ta boladan bittasi o`ziga xos qobiliyat bilan tug`ilmoqda.
Masalan, amerikalik Akiane Kramarik 4 yoshidan ajoyib kartinalar chizadi va falsafiy dostonlar yozadi. Uning kartinalari auktsionlarga qo`yilib, qimmat narxlarda sotilgan.
Yaltalik Nika Turbina 4 yoshida she'r yozishni boshlagan va 9 yoshida uning “Qoralamalar” nomli ilk kitobi chop etilgan. Bu kitob dunyoning 12 ta tillariga tarjima qilingan bo`lib, muallif bu kitobi uchun nufuzli mukofotni qo`lga kiritgan.
Yana bir anapalik indigo qiz Natasha Hlebnikova 16 yoshida kutilmaganda 120 tilda gaplasha boshlagan. Bu holat qizcha hushidan ketib uyg`onganida sodir bo`lgan. Qizig`i, u o`zining hayotda avval ham 120 marta yashaganini eslagan. Bir nechta tilshunoslik oliygohlari tadqiqot o`tkazib, bu qizning ko`p tillarni bilishini tasdiqlashgan.
Yana bir xususiyatli indigo bolalar tafakkurini qo`l va barmoqlariga yuborib, silash va uqalash yordamida odamlarni davolashi mumkin.
Kanadalik Mey Uilsonda 10 yoshida iroda kuchi va nigohi yordamida jismlarni siljitish qobiliyati paydo bo`lgan. So`ng u qo`llari yordamida odamlarni davolay boshlagan.
Sankt-Peterburglik Seryoja Krasnov 3 yoshligida kitobga qo`lini qo`yib, uni hatto ochmasdan o`qiy olishi ma'lum bo`lgan.
Stransklik “rentgen-qizcha” Natasha Demina odamlarning ichki a'zolarini ko`ra olardi va ulardagi kasalliklarni aniq tashxislab berardi. Britaniyalik mutaxassislar tekshirib, uning bu iqtidori to`g`riligini tasdiqlashgan.
Novosibirsklik Yaroslava Pazder 10 yoshida tafakkur kuchi va qo`llari yordamida bemorlarni davolab, hammani hayratga solgan. Bundan tashqari, bu qizcha yo`qolib qolgan odamlarni topishga ham yordam bergan. Uning oldiga doim izsiz yo`qolgan insonlarning yaqinlari yordam so`rab kelishardi.
Avstraliyalik 8 yashar Aelita Andre betakror rasmlar chizishni 10 oyligida boshlagan.
Afsuski, uzoq yillar davomida noodatiy qobiliyatli bolalarga alohida xususiyatlari quvonch olib kelmagan. Negaki ularni tushunib bo`lmaydi, chunki ular odatdagi qonun-qoidalarga bo`ysunishmaydi, hatto aksariyati oddiy maktabda o`qishni xohlashmaydi.
O`zlarini xuddi g`oyibdan nimadir boshqarib turganday tutishadi. Ularda o`ziga xos odatlar mavjud: tunda ko`p uyg`onishadi, falsafiy kitoblarni o`qishadi, o`ta qaysar, mustaqil bo`lishni xohlashadi.
1980 yillarning o`rtalarigacha bunday bolalarga diqqat sustligi va o`ta jizzakilik tashxisi qo`yilgan.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, daholik qobiliyatiga ega bolalarda miyaning o`ng va chap yarim sharlari bir vaqtda ishlaydi. Miya yarim sharlarining biri mantiq va tahlil uchun javob beradi, ikkinchisi esa zakovat va ijodiy salohiyatni belgilaydi. Aynan shu muvofiqlik odamga ajoyib imkoniyatlarni beradi. Bunday insonlar o`z miya zaxirasining 15 foizini ishlata olishadi (oddiy odamlar esa ko`pi bilan 7 foizidan foydalanadi).
Indigo bolalarni genetik tahlil qilish boshqa bolalardan farqini aniqlashga yordam berdi. Ma'lumki, odamda har bir DNK hujayrasi 64 kodondan (genetik kod birligi) tashkil topgan, ulardan 20 tasi faol ishlaydi. 1984 yilda indigo bola ustida olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, unda 24 ta kodon faol ishlar ekan. Keyinchalik olimlar 28 va 32 ta kodon faol bo`lgan indigolarni aniqlashdi. Ularning immuniteti ham kuchli bo`lib, organizmiga har xil virus va mikroblar ta'sir qilmas ekan. Ya'ni bunday bolalar kasalga chalinmasligi ma'lum bo`ldi!
Shuningdek, 1990 yillarda tug`ilgan ayrim indigolarda “magnit” tortuvchanlik aniqlangan. Ularning tanasiga qoshiq, vilka va hatto dazmol kabi metall jismlar yopishib qoladi.
Bir guruh olimlar fikricha, bunday bolalar insoniyat tamadduni natijasida bunyod bo`lgan va hech qanday fazoviy kuchlarning ularga aloqasi yo`q.
Boshqa bir taxminlarga ko`ra, indigo bolalar tug`ilishiga fazoviy jismlar va asosan Uran sayyorasi ta'sir ko`rsatadi. Bu sayyora burjlararo har 84 yilda aylanib chiqadi va har bir burj hududida taxminan 7 yil bo`ladi. Eng ko`p iqtidorli bolalar tug`ilishi aynan o`sha yillarga to`g`ri keladi.
2012 yilda indigolar tug`ila — boshlagan: Ular kimlar?
Masalan, zakovatli bolalar dunyoga kelishi cho`qqiga chiqqan avvalgi davri o`tgan asrning 1927-1935 yillariga to`g`ri kelgan. Shu yillarda tug`ilganlar orasidan juda ko`p Nobel' mukofoti sovrindorlari etishib chiqqan. Oradan 84 yil o`tib, 2012 yilda bu jarayon yana boshlangan.
XIX asrdagi omadli etti yillikda, ya'ni 1843-51 yillarda tug`ilgan indigolar safida taniqli faylasuf Fridrix Nitsshe, mashhur musavvir Pol' Gogen, ajoyib shoir Pol' Verlen va boshqalar bo`lgan.
Ammo asosiysi, har ikkala nazariyani ma'qullovchi olimlar guruhi bitta fikrni qo`llab-quvvatlaydi. Hulosa shundan iboratki, olamda yangicha tafakkurga ega insonlar paydo bo`lmoqda. Va bunday g`ayrioddiy ong va qobiliyatga ega insonlar tug`ilishi keyinchalik bora-bora oddiy holatga aylanishi mumkin.
Endi insoniyat oldida bir masala turibdi: bunday o`ziga xos qobiliyatli bolalarni aniqlash va ularning iqtidorini jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish.