Bir yigit keksa otasini shifokorga olib bordi. Shifokor ko`rigidan qaytayotganda otaxon: «Bolam ochlikni his qilyapman», dedi. O`g`il darhol otasini qimmat restoranlardan biriga taomlanishga olib bordi. Ota keksalik sabab qo`li qaltirar, taomlanayotgan paytda ovqat uning liboslariga va erga to`kilar edi. Bu holat o`sha joyda o`tirganlarning e'tiborini tortdi. O`g`il esa o`zini sokin tutib, otasining taomlanib bo`lishini kutdi.
Otaxon ovqatlanib bo`lgach, o`g`li uni qo`l yuvish xonasiga olib borib, qo`llarini, og`zini, yuzini yuvib, kiyimlarini tozalab qo`ydi. So`ngra taomlangan stol yoniga borib, u erni to`kilgan taomlardan tozalab qo`ydi. Keyin restoran xodimiga iste'mol qilingan taom pulini taqdim etib, otasi bilan tashqariga chiqdi. Restoranda o`tirganlar ularga qarab qolishdi.
Ota-bola endi mashinaga o`tirmoqchi bo`lganlarida restorandagilardan bir kishi chiqib, ota-bolaning yoniga bordi va otaxonning boshidan, o`g`ilning peshonasidan o`pib: «Janob, siz restoranda biror narsa qoldirib ketganingizni sezmadingizmi?!», deb so`radi.
O`g`il: «Yo`q», deya javob berdi.
Shunda boyagi odam: «Siz axloq, insoniylik va ota-onaga yaxshilik qilish borasida restoranda o`tirganlar uchun ibratli dars qoldirdingiz», deya quvonchini izhor qildi.