x

Yosh bolakay Parijdagi bir masjidga kirib, imomga: Meni onam sizlarning maktabingizda o`qishim uchun yubordilar, dedi.

Imom: Onang qayerda, undan ba'zi narsalarni so`rashim kerak.

Bola javob berdi: Ko`chada turibdilar, bu erga kira olmaydilar. Chunki, musulmon emaslar. Holatni aniqlash uchun imom shoshilgancha uning oldiga chiqdi.

Ona aytdi: Meni bir muslima qo`shnim bor. U bolalarini maktabga kuzatayotganda bolalari uning qo`lini o`padilar. Bu oiladan baxt ayrilmaydi. Ey imom, men bu shaharda birorta musulmon ota-onasini Qariyalar uyiga topshirganini ko`rmadim. Mana bu o`g`limni olib, unga ta'lim beringlar. Shoyad u menga ham sizlarning ota-onalaringizga qilgan muomalalaringizni qilsa...

Islom dini shunday dinki, unda biror kishi e'tiborsiz qolmaydi.

To Top ↑
To Top ↑