x

Uyqu chidash qiyin bo`lgan murakkab ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Ochlikka chidash mumkin, uyqusizlikka aslo! Bu masalada yoshu qari birdek hamfikr. Juda ko`p ota-onalar farzandlarining kech uxlashlari, ertalab kech uyg`onishlaridan noliydilar. Ota-onalar shu o`rinda bir narsani unutmasliklari kerak. Ular farzandlarini uxlashga majburlaganlari sari ular bunga qarshi harakat qiladilar. Zero, majburlab uxlatish juda qiyin.

Ota-onalar farzandlarini majburlab uxlatish o`rniga ularga uxlash uchun sharoit, muhit tayyorlashlari kerak. Uyqu uchun muhit tayyorlashning muhim sharti – bolaning ruhiyati kun davomida ma'nan to`yingan bo`lishi kerak. Ko`p bolalar kunning tugashini xohlamaydilar. Oilalari bilan birgalikda yanada ko`proq vaqt o`tkazishni istashadi. Buning sababi esa ularning ruhiyati o`zlari istagan tarzda to`yinmagani, oilalari bilan etarli darajada yaqin bo`lmaganlaridir. Bola ruhiy to`yinishga erishmaguncha uxlamaslikka urinadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun ota-onasini majburlaydi.

Hozirgi kunda bolalarning ota-onalari bilan etarli darajada yaqin bo`la olmasliklari sabablari juda ko`p. Kech soatlarga qadar ishdan kelmaslik, uyda faqat televizor ko`rish, telefon orqali tinimsiz muloqotlar, uyda ham ishni davom ettirish kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Shu bilan birga farzandlari bilan bo`lgani holda ularning his-tuyg`ulariga samimiy munosabatda bo`lmagach, ular ham kun tugab joylariga yotishni umuman xohlashmaydi. Bolaning uxlamaslikka urinishi faqat yuqoridagi salbiy holatga bog`liq emas. Hayotdan zavqlanadigan, kunini quvnoq o`tkazadigan bolalar ham kunni yakunlashni istamaydilar. Bunday bolalarni yotishga majburlash o`rniga ular yonida kunning oxigi damlarini birga baham ko`rish ularni osonroq uxlashlariga yordam beradi.

To Top ↑
To Top ↑