x

Ovqatlanish tabiiy ehtiyojdir va qondirilmagan taqdirda turli noxushliklar sodir bo`ladi. Birinchidan, «ochlik» yuzaga keladi. Vujud ozuqaga ehtiyoj sezganda oshqozon kislotasi ajralib chiqadi. Bu modda esa oshqozonda achishish va og`riq paydo qiladi. Kishini ovqatlanishga undaydi. Tabiiy ehtiyoj sanalgan ovqatlanish ehtiyoji insonni ana shu ikki his orqali hayotini davom ettirishini ta'minlaydi. Agar ana shu ikki his bo`lmasa, inson ochlikni his qilmaydi. Natijada hayoti xavf ostida qolishi mumkin bo`ladi.

Agar bolada biror fiziologik muammo bo`lmasa, bu tizim mukammal ishlaydi. Shunday bo`lsa ham, ba'zi bolalarda ovqatlanish muammolari qayerdan paydo bo`ladi? Ko`pchilik ota-onalarning asosiy muammosi bo`lgan bu savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin. 

Yuqorida aytib o`tilganidek, ochlik natijasida og`riq paydo bo`lishini kutish birinchi shart. Agar bolada ochlik hissi paydo bo`lmasdan, boshqacha qilib aytganda, u hali och qolmasidan turib ovqat eyishga majburlash bolada ovqatlanishga nisbatan yomon munosabat paydo qiladi.

Shu sababli ba'zi mutaxassislar gohida «Qo`yavering emasa emasin» deb maslahat berishadi. Bu so`zlarni «hech narsa qilmaydi» deb tushunmaslik kerak, balki «haqiqiy ochlik paydo bo`lgunga qadar kuting» degan tavsiya sifatida tushunish lozim.

Ovqatlanish masalasida har bir ota-ona diqqat qilishi lozim bo`lgan xusus mavjud tizimning zarar ko`rmasligini yoki ishdan chiqmasligini ta'minlashdir. Ya'ni ishtaha va ochlik hissi bo`lmasdan turib ovqat eyishni istamagan bolani majburlab ovqatlantirmaslik, lozim. Bunday holatlarda bizga quyidagi uchta qoida yordam berishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑