x

Ramazon oyi hali voyaga etmagan farzandlarning nafs-xohishlarini jilovlab, sabr-qanoatli bo`lishni o`rgatish, ular qalbida mas'uliyat hissini uyg`otish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ramazon oyi bolalarni farz ibodatlariga o`rgatish uchun eng munosib vaqt ekanligi ham sahobalar hayotidan bizga ma'lum. Sahobai kiromlar o`zlarining yosh bolalarini asta-sekin ro`za tutishga o`rgatib borganlari haqida ikki shayx – Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyatlar keltirilgan.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ro`za tutishga odatlangan bolalarning psixologik va jismoniy rivojlanishi boshqalarga qaraganda ancha ijobiy bo`ladi va ularda mas'uliyat hissi erta uyg`onadi.

O`n yosh ro`za tutishni boshlash uchun eng munosib yosh hisoblanadi. Bu yoshda ro`za tutish bola organizmiga salbiy ta'sir qilmaydi. Ammo o`n yoshdan kichik bolalarning tanasi ozuqa moddalarga to`yinib yurishi shart bo`lgan vaqt hisoblanadi.

Bolalarni ro`zaga o`rgatishning ikki bosqichi mavjud:

Birinchisi, odatiy ovqatlanish vaqtlarini oz-ozdan kechiktirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, nonushtani odatdagidan kechroq tanovul qilib, tushlik qilmay, shom namozi vaqtigacha etib boriladi.

Ikkinchi bosqichda esa farzand ota-onasi bilan birga saharlik qiladi va taxminan 8-9 soat ro`za tutadi. Va asta sekin bu muddat uzaytirib boriladi. Avval asr vaqtigacha, keyinchalik esa (10-15 kundan keyin) shom vaqtigacha etkazib boriladi. Shunday qilib, ramazon oyining avvalida boshlangan ushbu harakat natijasida bolalar oy oxiriga borib to`liq, haqiqiy ro`za tuta oladigan bo`ladi.

Doktor Muhammad Mustafo as-Samri

Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil tarjimasi

To Top ↑
To Top ↑