x

Bolaning nutqi 1 yoshdan so`ng ham bisqichma-bosqich rivojlanadi. Har bir bosqichning o`ziga yarasha yutug`i mavjud.

1 yosh 3 oy

Bola 6 taga yaqin so`zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so`zlarni rasmda ko`rsata oladi.

1 yosh 6 oy

Badanining 1-2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so`zni biladi.

1 yosh 9 oy

Badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so`zni biladi. Ikki so`zdan iborat bo`lgan iboralarni qo`llaydi («choy ber», «ada keldi»)

2 yosh

Bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so`zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi («Oshxonaga borib», «sochiq olib kel»). «Men», «Sen», «U» kabi so`zlarni tushunadi. Iboralari ikki so`zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib ketadi.

2 yosh 6 oy

Sonlarni tushuna boshlaydi. «Nima?», «Qayerda?» savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.

3 yosh

Bolaning so`z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so`zdan iborat. Ko`plikni biladi. «Chunki», «Agar», «Qachon» so`zlarini ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi («Piyolani ichiga qoshiq solib qo`y»). Yengil ertaklarni eshitib, tushunadi.

4 yosh

«Qancha», «O`rniga», «Keyin», «Qayerga» kabi so`zlarni iboralarda ishlata oladi. So`z boyligi 1500-2000 gacha. «Bolalarcha» harflarni yumshatib gapirishi yo`qoladi.

5 yosh

Bolaning so`z boyligi 2500-3000 ga etadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo`llab, o`z fikrini, istagini ifodalay oladi. So`zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.

5 yoshdan 7 yoshgacha

7 yoshga kelib bola so`z boyligi 3500 ga yaqin bo`ladi. Bunda ta'surotli so`zlar soni ko`payadi. Bolada tilga e'tibori oshadi. Atrof-muhitni so`z bilan baholay olish qobiliyati bo`ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.

To Top ↑
To Top ↑