x

Inson — bu ijtimoiy mavjudot. U o`zini namoyon qilish va tug`ilgan ijtimoiy muhitida boshidan kechadigan sinovlarga dosh berish uchun ulkan ko`nikmalarga ega bo`lib tug`iladi. Bu ko`nikmalar orasida eng asosiysi yig`lash hisoblanadi.

Ha, yig`lash — bu mahorat. Bu odamning «Menga nimadir bo`lyapti, hozir ichimda meni qiynayotgan tuyg`ular va fikrlar bor», deyishning eng qisqa yo`li.

Insonga xos bo`lgan bu maxsus tizim, har bir onaga shukronalik tuyg`usini ifodalshiga ko`mak beradi. Ayniqsa, go`daklik va bolalik davrida ko`z yosh o`z holatini so`z bilan ifoda etish, tartibga solish va tinchlanish qobiliyatiga ega bo`lmagan chaqaloqning istaklarini osinlikcha hal etadi.

«Yig`lash» bolalar uchun tabiiy hol. Ammo buni qarangki, ijtimoiy voqelik bizga yig`lash - bu salbiy harakat, deb shivirlaydi. Yig`layotgan bolaga: «Agar yig`lashni bas qilsang, men senga konfet olib beraman» , deyishimiz,«qizlardek yiglama» deb jahlimiz chiqishi bora-bora bolamizning ruhiyatida ham aks etadi.

Biroq bolalar panoh istab ko`z yosh to`kkanlarida, o`zlarini qo`llab-quvatlaydigan ota-onalariga ehtiyoj sezadilar. Ona hech narsa qilmasa ham, yig`layotgan chaqalog`ining ko`z yoshlariga javoban u bilan samimiy munosabatda bo`lsa, farzandiga onaga ishonch kerakligini tushuntirgan bo`ladi.  O`zining ham farzandiga  ishonchi baland ekanligini bildira oladi. Chunki, ko`z yoshlardan panoh topgan bolaga mehr berish, unga vaqt o`tishi bilan tartibga kela olish (tinchlana olish) qobiliyatini beradi.

Hadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan bolalar» kitobidan.

To Top ↑
To Top ↑