x

Masalan, bolamning xotirasi yaxshi, demang, ko`p takrorlashdan charchamaydi, erinmaydi, mehnatkash deng.

Oson tushunib oladi, demang, tushunmaguncha harakat qilishdan to`xtamaydi, hafsalali deng.

Binobarin, ular o`z mehnatlari bilan erishmagan narsalarni maqtashdan ko`ra, mehnatlari bilan erishganlarini maqtash samaraliroq va to`g`ri bo`ladi.

Masalan, bolam chiroyli demang, axloqli deng. Agar ko`rinishini maqtamoqchi bo`lsangiz, namoz va yaxshi ishlarda mustahkam ekanidan yuzi nurli deng.

Zero, qobiliyati (talanti)ga suyangan odam o`tirib qoladi, mehnatiga suyangan odam esa o`zib ketadi.

Ustoz Mahmud Usmon

To Top ↑
To Top ↑