Keling, birgalikda o`ylaylik. Inson qachon «portlovchi» xatti - harakatlarni namoyon qiladi? G`azablangan, charchagan, huqularim toptaldi deb o`ylagan, tushkunlikka tushgan, to`siqqa uchragan holatida, his-tuyg`ularga berilganida, shunday emasmi?
Chunki, hech kimsa «Bu tong juda baxtliman, turib farzandimni uray!» demaydi. Bunday salbiy xulq atvorga ega bo`lishimiz uchun ichimizda ulkan, kurashib bo`lmaydigan salbiy kayfiyat bo`lishi kerak.
Bolalar haqida ham gap ketganda ham shu fikrni aytishimiz mumkin. Faqat kattalardan farqli o`laroq, ularda salbiy his tuyg`ularni engish qobilyati hali shakillanmagan bo`ladi.
Ayniqsa maktab yoshidagi bolalar g`azab, hasad, umidsizlik kabi his tuyg`ularga beriladilar. Ammo o`zlari bu tuyg`ularni boshqara olmaydilar. Farzandlaringizni atrofdagilarni qizg`anib, ukasini urishi ham o`z xatti-harakatlari noto`g`ri ekanligini bilmaganidan dalolat bermaydi.
Sizni tinglamayotganini bildirmaydi. Buning asosiy sababi yosh bolalarning o`z tuyg`ularini boshqara olamasliklari, shuningdek rashk tuyg`usini namoyon etishni bilmasliklaridir. Chunki tuyg`ularni boshqarish qobiliyati chap miyaning vazifasi bo`lib, u 7 yoshdan keyin faollashadi.
Hadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan bolalar» kitobidan