x

1. Ertalabki nonushta

Ko`pgina o`quvchilar ertalabki nonushtadan ko`ra bir oz bo`lsa ham uxlab olishni afzal ko`rishadi. Keyin esa ular maktabda shirin kulcha, buterburod, biror bir tezpishar taomni eyishadi va oshqozonlarini ishdan chiqarayotganlarini bilishmaydi. Farzandingizni ertalabki nonushtadan voz kechmaslikka o`rgating. Bunda unga turli quritilgan mevalar qo`shilgan bo`tqalar tayyorlab bering. Donlardan tayyorlangan bo`tqalar o`sayotgan organizmga kuch-quvvat beradi va ovqat hazm qilishini ham yaxshilaydi.

2. Erta turish

Kechikish odati bolalikdanoq shakllanadi. Shuning uchun uni ertaroq uyg`onishga o`rgatish kerak. Agar bola ertalab erta turishga qiynalsa, uni kechki soat 9-10 da uxlashga o`rgating. Unga ertaroq turish jismoniy tarbiya qilishga, nonushta qilib olishga, hatto darslarni takrorlashga imkon berishini tushuntiring.

3. Kunduzgi uyqu

Maktab o`quvchisining asab tizimi dam olishga ko`proq muhtoj bo`ladi. Shifokorlar barcha aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchilarga kunduzi bir oz mizg`ib olishni maslahat berishadi. O`quv dasturlari  kuchli diqqat e'tiborni  talab qiladi. Shuning uchun darslardan so`ng o`quvchi charchagan va siniq ko`rinadi. Bir soatlik uyqu farzandingizga tetiklik va quvvat beradi. U bemalol dars qilishga, uy ishlariga yordamlashishga va do`stlari bilan aylanib kelishga o`zida kuch topa oladi.

 4. Jismoniy mashg`ulotlar

Jismoniy tarbiya va sport bolaning o`sishida va sog`lom bo`lishida juda muhim. Doimiy sport bilan shug`ullanish uning o`ziga ishongan, tartibli va  o`z maqsadi yo`lida qat'iyat bilan harakat qilishuvchi shaxs bo`lib etishishiga yordam beradi. Agar uning sport bilan shug`ullanishga imkoniyati bo`lmasa, uni hech bo`lmaganda ertalabki badantarbiyani muntazam bajarishga o`rgating. Jismoniytmashqlar qon aylanishini yaxshilaydi, miya hujayralarini oziqlantiradi va immunitetni oshiradi.

5. Kechki ovqat

O`quvchilar orasida ham semirish kasalligiga chalinganlari yildan-yilga ko`payib bormoqda. Bularning sababi esa nosog`lom ovqatlanish va kamharakatlilikdir. Bolani kechki soat 6-7 dan keyin ovqatlanmaslikka o`rgating.bu yaxshi uxlashga va qomatni saqlashga yordam beradi.

6. Ko`chadan kelganda va ovqatlanishdan so`ng qo`lni yuvish

Maktab o`quvchilari ko`pincha gripp, o`tkir  respirator kasalliklari va ichak infektsiyalari bilan kasallanishadi. Bu kasalliklarning barchasi havo-tomchi yo`li bilan, qo`l berib ko`rishganda, o`quv qurollari orqali yuqadi. Shuning uchun iovqatdan oldin va keyin, ko`chadan kirganda qo`lni sovunlab yuvish kasalliklarning oldini oladi.

7. Meva va sabzavotlarni ko`proq iste'mol qilish

Sabzavot va me'valar tabiiy vitaminlar, mikroelementlar va kletchatka manbai hisoblanadi. Ulardagi ko`p miqdorda to`plangan vitamin S immunitetni mustahkamlaydi va bola organizmini erkin radikallardan himoya qiladi.

Saida Ibodinova

 

To Top ↑
To Top ↑