Quyidagi sabablar bilan bolaning bog`chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to`langan to`lovlar keyingi to`lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi.
— bolaning yoki oila a'zolarining kasalligi sababli;
— karantin holatida bo`lganligi tufayli;
— ota-onalardan birining ishdan (o`qishdan) bo`sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko`ra.
Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to`lov miqdoriga ko`paytirilib, keyingi to`lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi.
Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to`lov hali amalga oshirilmagan bo`lsa, to`lanishi lozim bo`lgan to`lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to`lov summasiga kamaytiriladi.
Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog`chaga qatnashi butunlay to`xtatilgan taqdirda, to`lov to`liq bo`lmagan oy uchun, ya'ni bola amalda bog`chaga qatnagan kunlar uchun to`lanadi.